yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar

Omon bo'lsang, unutma
Valentin Rasputin
Urushning so'nggi yili — qirq beshinchi yilning qishi bu tomonlarda yumshoqroq kelsa ham, ammo bari bir, chilla sovug'i, odatdagidek, haqini qo'ymadi, qirq darajadan oshib ketdi. Daraxt shoxlarida bir haftadan beri yopishib yotgan bulduruq eridi-yu, o'rmon batamom karaxt bo'lib qoldi, yerdagi qor g'ozini yo'qotib, salga g'archillar, uqalanib ketar, ertalablari chirsillab turgan sovus havoda nafas olish qiyin bo'lardi.
Keyin havo bir oz shashtidan qaytdi, shundan so'ng yana bir marta yumshadi, natijada sayxonliklardagi qor beti yupqa muz bo'ylab, erta qotib qoldi.
- 56
- 219

O'g'irlangan bolalik
Komil Sindarov
Prokuratura bo'lim boshlig‘i bo'lib ishlayotgan, o'z kasbining fidoyisi, bir oilaning mehribon otasi sirli ravishda yo'qoladi. Asar ushbu voqealar bilan boshlanadi. Uning kelgusi taqdiri qanday kechadi? Sirli ravishda g'oyib bo'lgan mas'ul xodimni yo‘qotishda gumon qilingan shaxslarni aniqlash, tergov qilish jarayoni, oilasi, qarindosh-urug'larining chekkan jafolari, tahlikali o'tkazgan kunlari asarda o‘ziga xos yo‘nalishda hikoya qilinadi.
Aziz kitobxon! Asarda tasvirlangan qahramonlarning ruhiy holatlari, alamli kechinmalari, quvonch-u shodliklariga sherik bo'lasiz, degan umiddamiz.
- 187
- 840

Zulmat ichra nur
Mirkarim Osim
Alisher cho‘kkalab olib xontaxta ustidagi kattakon bir kitobni varaqlab, surat ko‘rib o‘tirar edi. Ov va jang manzaralari uni shu qadar qiziqtirgan, xayolini shu qadar o‘g‘irlagan ediki, otasi kelib eshik oldida kavush yechayotganini ham payqamadi. Kichkina Bahodir deb nom chiqargan G‘iyosiddin endi to‘rt yoshga kirgan o‘g‘li Alisherga kulimsirab qarab turdi.
«Shul yoshdin kitobga muhabbat qo‘ysa, ulg‘aygach, albatta kitobni ilkidan ayirmay o‘zi bila asrab yurg‘ay», deb o‘yladi ota shiringina, do‘mboq o‘g‘lidan ko‘zini uzolmay.
- 384
- 1096

So'nggi o'q
Tohir Malik
Yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub bo‘lmish ushbu asar o‘zbek kitobxonlari uchun yaqin o‘tmishimizga bir nazar bo‘lib, tarixiy voqealar asnosida inson ruhiyatiga qilinadigan benazir sayohat hamdir. Qismat va zamonning achchiq to‘lqinlariga tashlangan qahramonning temir bardoshiga tan bermay ilojimiz yo‘q. Tog‘dek g‘amlar ostida ham eng buyuk sharaf - inson bo‘lib qolish darsini o‘rganamiz.
- 76
- 370
Inson husni
Mirzakalon Ismoiliy
Go'zallik tabiatining yaxshi ne'matlaridan biri. Bu tabiatning barcha mahsuliga mushtarak ne'mat. Biz buni insonlardagina emas, o'simliklarda ham, jonivorlarda ham ko'ramiz. Bahor kezlari rang-barang gullarga ko'milgan daraxtlarni, yashil maysalari selkillab turgan yaylovlarni, g'o'zalari barg urgan chaman dalalarni ko'rganmiz.
- 81
- 311