yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar

Ichkari
Farrux Hasanov
Ushbu kitobda yosh ijodkor Farrux Hasanovning samimiy ko'ngil kechinmalariga guvoh bo'lasiz. "Ichkari" nomi ostida chop etilgan birinchi kitob, o'quvchisini adoqsiz kengliklardan olib o'tib, xayoliy mo'jizalar tamon yetaklaydi. Shamollar supurgan hovlidan tashqari chiqib, ko'ngilga eltuvchi yo'lni shirin hayollar bilan piyoda kezib o'tasiz.
- 76
- 179

Sohildagi qayiq
Rustam Nazar
Rustam Nazar o‘zbek bolalar adabiyotining o‘ziga xos shoirlaridandir. Uning qahramonlari ham, o'quvchilari ham nihoyatda aqlli, zukko, favqulodda bilim va kuch egalaridir. Shoir she'rlarini o‘qir ekansiz, hatto ularning xayollari ham bemisli intellektual salohiyatga ega ekanligiga amin bo‘lasiz.
- 54
- 105

Tuyg'ular alangasi
Mahliyoxon Umurzoqova
Ushbu kitobda Mahliyoxon Umurzoqovaning samimiy ko'ngil egasi ekanligiga, vijdoni tozaligiga guvoh bo'lasiz. "Tuyg'ular alangasi" nomi ostida chop etilgan mo'jaz kitob o'quvchisini bepayon vodiydan olib o'tib, samimiy qishloqlar tomon yetaklaydi. Ko'ngil qa`ridan shalola kabi sizib chiqqan she`rlar o'z o'quvchisini topadi degan umiddamiz.
- 42
- 122

Shavkat Rahmon she'rlari
Shavkat Rahmon
Shavkat Rahmon 1950 yilning 12 sentabrida O‘shda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlab, Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil olgan. Uning ilk she’riy to‘plami «Rangin lahzalar» nomi bilan 1978 yilda e’lon qilingan. Shundan keyin «Yurak qirralari», «Ochiq kunlar», «Gullayotgan tosh», «Hulvo», «Saylanma» kabi she’riy majmualari nashr etilgan.
- 59
- 299