yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar

Инсон
Эркин Воҳидов
Ушбу сайланмага Ўзбекистон Қаҳрамони Эркин Воҳидовнинг турли йилларда яратган дилбар шеърларининг энг саралари жамланган.
- 454
- 1195

Xamsa
Alisher Navoiy
Men Alisher Navoiy nasriy asarlari, dostonlarini janrlariga mos - nasriy va she’riy tabdillarini Navoiy muxlislari uchun orzu qilaman. «Xamsa» dostonlari va «Lison ut-tayr»ning she’riy tabdillarini Erkin Bohidov va Abdulla Oripovday zabardastlarimiz, Sirojiddin Sayyiddav katta iste’dod, Iqbol Muyoday umidli yoshlarimiz, «Mahbub ul qulub»ni Nazar Eshonqulda nosirimiz, «Majolis un-nafois»ni Ergash Ochilovday zukko zahmatkashjmiz, «Devoni Foniy» tarjimasini Jamol Kamolday mehnatkashimiz, «Nasoyim ul-muhabbat»ni Sayfiddin Sayfullohdek yoki Hamidxon Islomiydek tolmas olimlarimiz bajarsalar qaniydi! - deb umid ko'zini tutaman.
- 1320
- 1843

Yo‘qotganlarim va topganlarim
Said Ahmad
Ushbu kitob muallifi — O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Said Ahmad hozirgi kunda unutilmas xotiralarga aylangan atoqli adabiyot arboblari bilan uzoq vaqg birga bo‘lgan. Ularga safarlarda hamrohlik qilgan. Xalqimiz ardog‘idagi bu benazir insonlarning nurli kunlarida ham, alam-iztirob chekkan onlarida ham yonlarida bo‘lgan. Xotiralarda adabiy to‘kimalar yo‘q. Tasvirlangan voqealar sinchkovlik bilan kuzatilgan, yozuvchining o‘tkir nigohidan o‘tgan sof haqiqatdir. Kitobning birinchi bobida tilga olingan va ajib mehr bilan tasvirlangan ustozlar endi yo‘q. Ular xalqqa, vatanimiz badiiy xazinasiga qimmatbaxo gavharlar qoldirib yo‘qlik sari ketganlar. Kitobning ikkinchi bobida hozirgi kunda ijod qilayotgan va bugungi kunda yetuk yozuvchi bo‘lgan, xalq hurmatiga sazovor bo‘lgan yozuvchilar, kitob muallifi shogirdlari to‘g‘risida qaynoq fikrlar bayon qilinadi. Uchinchi bobda goh nurli, goh nursiz kunlarni boshidan kechirgan muallifning iztiroblari, ko‘p mashaqqatlar bilan topgan iqboli to‘g‘risida ta’sirli fikrlar bayon qilinadi. O‘ylaymizki, bu asar o‘quvchilarni befarq qoldirmaydi. Ularni o‘ylashga chorlab, bu yorug‘ kunlarda yashash baxti qanchalar mashaqqatlar hisobiga kelganini bayon qiladi.
- 550
- 2531
Бедный Папа, Богатый Папа
Т.Роберт
Если вам нужна внутренняя мудрость, касающаяся того, как стать богатым и остаться богатым, прочтите эту книгу. Подкупите ваших детей (финансово, если потребуется), чтобы и они сделали то же самое.
- 256
- 1453

Muvaffaqiyat kaliti
Karnegi, Deyl
Deyl Karnegi jamiyatdagi munosabatlarning nozik jidatlariga alodida e’tibor qaratadi. Insonlarning o'zaro muomala madaniyati, o'zni tutish, mulozamat, boshqalarni hurmat qilish, ishlarini yudori baxolash orqali obru-e’tibor topish mumkinligini ta’kidlaydi. Shuningdek, o'z-o'ziga ishonch xosil qilish va omma oldida so'zlashishning turli yo'llarini ochib beradi.
Tinglovchini qiziqtirish, yaxshi ma’ruza qilish, xotirani mustahkamlash va boshqa mavzularda ham qimmatli maslahatlarni tavsiya etadi. Bezovtalikning omillari, yechimi barobarida turfa insonlar hayotidagi turli holatlar, Karnegi an’anasiga ko'ra, misollar tariqasida keltiriladi.
Ushbu to'plam Deyl Karnegining "Do'st orttirish va odamlarga ta’sir ko'rsatish to'g'risida", “o'z-o'ziga ishonch xosil qilish va omma oldida so'zlashish san’ati" va "Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari" kitoblarining yaxlit ko'rinishidir. Ko'plab kitobxonlarning talab va istaklari asosida chop etilgan mazkur tuhfa kutubxonangiz javonidan munosib joy oladi, degan umiddamiz.
- 1482
- 1427