Tizim haqida

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining mazkur sayti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar dasturining 19-bandida belgilangan  (Jamoat joylarida QR-kodlar yordamida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron kitoblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus tablolarda joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish va o‘qish imkoniyatini yaratish) vazifalarni bajarish maqsadida yaratildi.

Tizim aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yanada oshirish va mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan. Zero, kitob inson aqlini charxlaydigan, uni ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan bebaho bir vositadir. Xalqimiz azaldan kitobxonligi va ilm-ma’rifatga intilishi bilan mashhur bo‘lgan. O‘zbekiston hududidagi vokzal va aeroportlarning kutish zallarida, stansiyalarda, bekatlarda bunday imkoniyatning yaratilishi, aholi o‘rtasida kitobxonlikni yuksaltirishga va mutolaa madaniyatini  targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Yo‘lovchilar joriy etilgan virtual kutubxonadan o‘z smartfonlariga tablodagi QR-kodni skanerlab, kitoblarning elektron nusxasini hamda ularning audio- va video variantini uyali telefonlari xotirasiga bepul yuklab, mutolaa qilishlari mumkin.

Adabiyotlar

Sherlok Xolms haqida hikoyalar

Artur Konan Doyl  

Artur Konan Doylning e’tiboringizga havola etilayotgan "Mashhur izquvar Sherlok Xolmsning so‘nggi sarguzashtlari" va bir qator detektiv, psixologik va tarixiy hikoyalari mazkur adabiy janrlar sohasida qalam tebratuvchi adiblar orasida u chindan ham ustoz maqomida ekanligining isbotidir.


  • 11
  • 1

Ming bir kecha

tarjimon Yunusxon Hakimjonov  

"Ming bir kecha" arab ertaklari, o‘z mavzularining ko‘pligi, rango-rangligi bilan ham jahon adabiyoti miqyosida shuhrat qozongan. U sakkiz tomlik kitobdan iborat. Ko‘pchilik kitobxonlarning talablariga binoan uni yangi ko‘ringishda qayta nashr qilishni lozim topdik. Umid qilamizki, mashhur arab ertaklari kitobxonlarimiz uchun ajoyib tuhfa bo‘ladi.


  • 11
  • 1

Qo'shchinor chiroqlari

Abdulla Qahhor  

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 80 yilligi muaosabati bilan adibning besh jildlik «Asarlar»i nashr etilmoqda. Muallif «Sarob» romanida 20-yillar hayotiga murojaat qilib, burjua millatchiligi ideologiyasining reaktsion mohiyatini ochib, uning halokati, inqirozi qonuniyligini, yangi hayot tantanasi muqarrarligini realistik obrazlarda aks ettiradi. Shuningdek, ushbu birinchi jildga adibning 30-yillarda yozilgan hikoyalari ham jamlandi.


  • 11
  • 1

Tazkirat ul-avliyo

Fariduddin Attor  

Buyuk mutasavvif shoir, mutafakkir va tazkiranavis Fariduddin Attorning ushbu asari nasrda bitilgan yagona va mashhur asar bo‘lib, unda tasavvuf shayxlari, avliyoullohlarning hayoti, kashfu karomatlari, turli tasavvufiy istilohlar v shariat, tariqat, ma’rifat, tavakkul, rizo, sabr, shukr kabilarga ularning qarashlari bayon etilgan.


  • 8
  • 3