Tizim haqida

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining mazkur sayti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar dasturining 19-bandida belgilangan  (Jamoat joylarida QR-kodlar yordamida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron kitoblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus tablolarda joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish va o‘qish imkoniyatini yaratish) vazifalarni bajarish maqsadida yaratildi.

Tizim aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yanada oshirish va mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan. Zero, kitob inson aqlini charxlaydigan, uni ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan bebaho bir vositadir. Xalqimiz azaldan kitobxonligi va ilm-ma’rifatga intilishi bilan mashhur bo‘lgan. O‘zbekiston hududidagi vokzal va aeroportlarning kutish zallarida, stansiyalarda, bekatlarda bunday imkoniyatning yaratilishi, aholi o‘rtasida kitobxonlikni yuksaltirishga va mutolaa madaniyatini  targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Yo‘lovchilar joriy etilgan virtual kutubxonadan o‘z smartfonlariga tablodagi QR-kodni skanerlab, kitoblarning elektron nusxasini hamda ularning audio- va video variantini uyali telefonlari xotirasiga bepul yuklab, mutolaa qilishlari mumkin.

Adabiyotlar

Аудиовизуал журналистика VI жилд

Амрулло Каримов  

Мазкур жилдда аудиовизуал журналистиканинг, хусусан, радио, телевидение, хужжатли кино, фотожурналистиканинг жамиягда тутган ўрни, вазифалари, ижодий махсулот тайёрлаш жараёни, шартлари ва бошкалар хакида сўз боради. Китоб журналистика соҳасида таҳсил олаётган талабалар, ҳаваскор ижодкорлар ва барча кизикувчиларга мўлжалланган.


  • 36
  • 11

Ёш вертернинг изтироблари

Иоган Вольфган Гёте  

Юракларни титратгувчи, ларзага солувчи ушбу роман севги хакидаги хазин қўшик кабидир. Покиза қалбнинг яраланган мухаббати хижрон дамларида ёниб-оловланиб, окибатда, мухаббат соҳиби ёш Вертерни хазон килади. Ҳар сатри севги билан лиммо-лим бўлган, изтиробдан яралган мактублар шаклида роман кўнглингиз тўридан жой олиши аник. Шунинг учун ҳам бу асар Гётенинг шоҳ асарларидан бирига айланган. Ҳамон китобхонларнинг севимли асари бўлмиш севги киссаси мутолааси сизга муборак бўлсин!


  • 44
  • 13

Varta

Fazliddin Muhammadiyev  

Tojikiston Xalq yozuvchisi, Abuabdullo Ro‘dakiy nomidagi Davlat mukofoti laureati, taniqli adib Fazliddin Muhammadiyevning har bir hikoya, qissa va romani tojik adabiyoti tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega. Shu boistan kitobxonlar ularni zavq-shavq bilan mutolaa qiladilar. Qo‘lingizdagi mazkur to‘plan ham bundan mustasno emas.


  • 35
  • 15

Қиёмат

Чингиз Айтматов  

Чингиз Айтматовнинг «Қиёмат» романида эзгулик ва ёвузликнинг кураши, инсон ва табиат муносабати бўрилар Акбара билан Тошчайнар образи орқали очиб берилади. Инсон томонидан ҳудудларни ўзлаштириш, ўрмонларни йўқ қилиш, табиатнинг азалий қоидаларини бузиш ва охир-оқибат жонзотларни ўз она уйидан сиқиб чиқариш қиёмат-қойим даражасида тасвирланади.


  • 726
  • 269