Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar

Кафан кийган келин
Ismatulla Mamanov
Ismatulla Mamanovning “Kafan kiygan kelin” asari inson vijdoni, poklik va gunoh tushunchalarini falsafiy va ruhiy jihatdan yorituvchi badiiy hikoyadir. Asarda jamiyatdagi ma’naviy inqiroz, odamlarning ikkiyuzlamachiligi hamda insonning o‘z nafsiga qarshi kurashi tasvirlanadi. “Kafan kiygan kelin” obrazi hayot va o‘lim, gunoh va tavba o‘rtasidagi nozik chegarani ifodalovchi ramziy timsol sifatida gavdalanadi. Asar o‘quvchini insoniylik, halollik va ruhiy poklanish haqida chuqur o‘ylashga undaydi.
- 26
- 61

Замонавий Америка романлари
Акмал Холматович Саидов
Замонавий АҚШ адабиёти барча (проза (наср) ва поэзия (назм), драматургия) жанрларда, турли (реализм ва романтизм, модернизм ва экзистенциализм) услубларда жахон китобхон-лари эътиборини тобора ўзига жалб этаётган, танкидчилар томонидан юқори баҳоланаётган асарларга бой.
Якин вактгача ўзбек китобхонлари томонидан Америка адабиёти асосан Марк Твен, Эдгар Аллан По, Жек Лондон, Теодор Драйзер, Эрнест Хемингуэй. Рэй Брэдбери каби адиблар оркали тасаввур этиб келинар эди. Бугунга келиб, таржимонларимиз томонидан мамлакати мизнинг вақтли матбуотида турли хил Америка модерн ёзувчилари асарларидан таржималар эълон килиниши ўзбек китобхонларининг замонавий АҚШ адабиётига бўлган эътиборини улғайтирди.
Буни ҳисобга олган холда, мазкур тўпламда ўқувчилар эътиборига ҳозирги давр АҚШ романнависларининг асарлари ҳавола этилмоқда. Шу пайтгача ўзбек тилида «Замонавий Америка романлари» тўплам ҳолида чоп этилмаганлиги боис ушбу нашр адабиёт ихлосманд-ларига муносиб совга бўлишидан умидвормиз
- 15
- 49

Аждодлар изидан
Рахмонжон Мавланов
Ушбу китоб оилавий доираларда ўқиш учун тайёрланган. Унга жуда кўп ва катта миқдорда тарбиявий масалаларга оид бой материаллар киритилган. Шу сабабли ундаги мақолалардан болалар боғчаларида, мактабларда, лицей ва коллежларда тарбиявий соатлар ўтказганда фойдаланиш мумкин. Шахсий мутоала учун ҳам бой озуқа беради
- 17
- 37

Tanlangan asarlar
Vilyam Shekspir
Insoniyatning razolat va qabohatga, xiyonat va aldovga, yovuzlik va ochko'zlikka isyoni bo'lib yangragan ushbu Hamlet monologi ulug' dramaturg Vilyam Shekspir qalamiga mansub. To'rt yarim asrdan buyon angliyalik buyuk san'atkor asarlari dunyoni hayratga solib kelmoqda. To'rt yarim asrdirki, jahon xalqlari Hamlet va Ofeliya, Otello va Dezdemona, Romeo va Juletta, Qirol Lir va Makbet bilan birga kuladi, yig'laydi, iztirob chekadi, hayajonga tushadi. Ular bilan birga sevadi, nafratlanadi, ezgulik tantanasi uchun kurashadi
- 13
- 26

Uchtadan oxiri bor ertaklar
Janni Rodari
"Uchtadan oxiri bor ertaklar" kitobi Janni Rodari qalamiga mansub bo'lib, u bolalarni ijodiy fikrlashga va hikoyalarni o'zgartirishga undaydigan noyob asardir. Kitobdagi har bir hikoya uch xil tugallanishga ega bo'lib, o'quvchilarga o'zlari yoqtirgan yakunni tanlash imkonini beradi. Bu esa bolalarni hikoyaning rivojlanishiga bevosita ta'sir qilishga, o'z tanlovlarini qilishga va o'z tasavvurlarini kengaytirishga undaydi. Rodari bu kitobda bolalarga hikoyalar dunyosida o'z o'rnini topish va qahramonlar taqdirini o'zlari hal qilish imkoniyatini taqdim etadi. Bu ertaklar nafaqat qiziqarli o'qish uchun, balki bolalarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ham muhimdir.
- 99
- 223