yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Qatlnoma
Nabijon Boqiy
Hujjatlarga asoslangan ushbu qissa o‘tgan asr o‘ttizinchi yillarda butun Sovet Ittifoqida bo‘lgani kabi o‘zbek xalqi boshiga tushgan qora kunlardan hikoya qiladi. Asar, asosan, o‘zbek romanchiligi asoschisi sifatida ko‘riladigan yozuvchi Abdulla Qodiriy hayotining mudhish kunlari haqida so‘zlasa-da, uni o‘qigan kishida qatag‘on tuzumining butun o‘zbek oydinlari boshi ustida o‘ynatgan qonli qilichi haqida chuqur tasavvur uyg‘otadi.
«Qatlnoma» bizga ular kimlarning qo‘li bilan va qanday yo‘q etilgani haqida so‘zlaydi. Shuning uchun ham asarni hayajonlanmasdan o‘qish mumkin emas.
- 111
- 379
Беруний ва адабиёт
Азиз Қаюмов
Буюк олим ва мутафаккир Абу Райхон Берунийнинг илмий мероси битмас-тунганмас ҳикматлар хазинасидир. Ушбу китобда олимнинг адабиётга оид фикрлари ва маълумотларини муҳтарам китобхонлар диққатига ҳавола этилмоқда. Уларни Берунийнинг ўзбек ва рус тилларига таржима қилинган "Ўтмиш ёдгорликлари", "Ҳиндистон", рус тилига таржима қилинган "Геодезия", "Минералогия", "Фармакогнозия" асарларидан териб-йиғиб олинди.
- 137
- 569