Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar

Кафан кийган келин
Ismatulla Mamanov
Ismatulla Mamanovning “Kafan kiygan kelin” asari inson vijdoni, poklik va gunoh tushunchalarini falsafiy va ruhiy jihatdan yorituvchi badiiy hikoyadir. Asarda jamiyatdagi ma’naviy inqiroz, odamlarning ikkiyuzlamachiligi hamda insonning o‘z nafsiga qarshi kurashi tasvirlanadi. “Kafan kiygan kelin” obrazi hayot va o‘lim, gunoh va tavba o‘rtasidagi nozik chegarani ifodalovchi ramziy timsol sifatida gavdalanadi. Asar o‘quvchini insoniylik, halollik va ruhiy poklanish haqida chuqur o‘ylashga undaydi.
- 26
- 61

Аждодлар изидан
Рахмонжон Мавланов
Ушбу китоб оилавий доираларда ўқиш учун тайёрланган. Унга жуда кўп ва катта миқдорда тарбиявий масалаларга оид бой материаллар киритилган. Шу сабабли ундаги мақолалардан болалар боғчаларида, мактабларда, лицей ва коллежларда тарбиявий соатлар ўтказганда фойдаланиш мумкин. Шахсий мутоала учун ҳам бой озуқа беради
- 17
- 37

Odobi oltin bola
Shermurod Tog'ay
"Odobi oltin bola" kitobi qiziqqon va ziyrak bolalar bilan ularning bobo-momolari o'rtasida bo'lib o'tgan savol- javoblar asosida tuzilgan bo'lib, bu kitobdan farzandlarimiz ota-onaga hurmat, odob-axloq, Vatanga sadoqat, savob, yaxshilik kabi milliy qadriyatlarimizni o'rganadilar.
Bobo-momolar uchun esa mazkur risola nabiralariga hayot saboqlaridan o'gitlar berishda kichik bir dastur vazifasini o'taydi. Bu kitob voqea hikoyalarni o'z ichiga olgan bo'lib, ulardan har bir o'quvchi o'ziga kerakli ma'lumotlarni oladi.
- 154
- 369

Ko'klam qissalari
Nosir Fozilov
Bolalik — vaqt o‘tgan sari uzoqlashib ketadigan mo‘jizadir. Axir bolalikni bejiz qumsab yurmaymizku. Ammo adabiyot bilan, kitob bilan oshno ko‘ngil bu mo‘jizadan hech qachon bebahra qolgan emas. Bolalar, sevimli yozuvchingiz Nosir Fozilovning ushbu kitobini o‘qigach, bolalikning mo‘jiza ekanligiga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz.
Kitobga adibning «Saraton» va «Qush qanoti bilan» nomli qiziqarli qissalari jamlandi. Bu qissalar siz aziz o‘quvchilarga ham ma’qul bo‘ladi, degan umiddamiz.
- 206
- 614

Daholar davrasi
Hamidjon Homidiy
Aziz o ‘quvchi! Ilmiy, badiiy lavhalardan tarkib topgan ushbu kitobda ko'hna mashriqzamindagi ko ‘plab buyuk allomalarning mashaqqatli hayot yo'llari tasvirlangan, ilmiy, badiiy ijodlari teran tahlil qilingan. Biz fikr yuritgan allomalar qaysi xalq farzandi bo'masin, ularning ibratli hayot yo'li, boqiy ruhi, bebaho ijodiy merosi barcha qavm va avlodlar uchun hamisha mo‘tabar va ardoqlidir.
- 170
- 410