новые публикации
Жанры
Теги
Самые популярные публикации
Varta
Fazliddin Muhammadiyev
Tojikiston Xalq yozuvchisi, Abuabdullo Ro‘dakiy nomidagi Davlat mukofoti laureati, taniqli adib Fazliddin Muhammadiyevning har bir hikoya, qissa va romani tojik adabiyoti tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega. Shu boistan kitobxonlar ularni zavq-shavq bilan mutolaa qiladilar. Qo‘lingizdagi mazkur to‘plan ham bundan mustasno emas.
- 15
- 35
Кафан кийган келин
Ismatulla Mamanov
Ismatulla Mamanovning “Kafan kiygan kelin” asari inson vijdoni, poklik va gunoh tushunchalarini falsafiy va ruhiy jihatdan yorituvchi badiiy hikoyadir. Asarda jamiyatdagi ma’naviy inqiroz, odamlarning ikkiyuzlamachiligi hamda insonning o‘z nafsiga qarshi kurashi tasvirlanadi. “Kafan kiygan kelin” obrazi hayot va o‘lim, gunoh va tavba o‘rtasidagi nozik chegarani ifodalovchi ramziy timsol sifatida gavdalanadi. Asar o‘quvchini insoniylik, halollik va ruhiy poklanish haqida chuqur o‘ylashga undaydi.
- 328
- 756
Аждодлар изидан
Рахмонжон Мавланов
Ушбу китоб оилавий доираларда ўқиш учун тайёрланган. Унга жуда кўп ва катта миқдорда тарбиявий масалаларга оид бой материаллар киритилган. Шу сабабли ундаги мақолалардан болалар боғчаларида, мактабларда, лицей ва коллежларда тарбиявий соатлар ўтказганда фойдаланиш мумкин. Шахсий мутоала учун ҳам бой озуқа беради
- 106
- 197
Odobi oltin bola
Shermurod Tog'ay
"Odobi oltin bola" kitobi qiziqqon va ziyrak bolalar bilan ularning bobo-momolari o'rtasida bo'lib o'tgan savol- javoblar asosida tuzilgan bo'lib, bu kitobdan farzandlarimiz ota-onaga hurmat, odob-axloq, Vatanga sadoqat, savob, yaxshilik kabi milliy qadriyatlarimizni o'rganadilar.
Bobo-momolar uchun esa mazkur risola nabiralariga hayot saboqlaridan o'gitlar berishda kichik bir dastur vazifasini o'taydi. Bu kitob voqea hikoyalarni o'z ichiga olgan bo'lib, ulardan har bir o'quvchi o'ziga kerakli ma'lumotlarni oladi.
- 330
- 524
Ko'klam qissalari
Nosir Fozilov
Bolalik — vaqt o‘tgan sari uzoqlashib ketadigan mo‘jizadir. Axir bolalikni bejiz qumsab yurmaymizku. Ammo adabiyot bilan, kitob bilan oshno ko‘ngil bu mo‘jizadan hech qachon bebahra qolgan emas. Bolalar, sevimli yozuvchingiz Nosir Fozilovning ushbu kitobini o‘qigach, bolalikning mo‘jiza ekanligiga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz.
Kitobga adibning «Saraton» va «Qush qanoti bilan» nomli qiziqarli qissalari jamlandi. Bu qissalar siz aziz o‘quvchilarga ham ma’qul bo‘ladi, degan umiddamiz.
- 281
- 804