yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Tungi qo'rquv
Saidvafo Boboyev
"Men anglagan haqiqatlar", "Armonli dunyo", "sirtmoq qoshidagi o'ylar" kitoblari muallifi Saidvafo Boboevning ushbu kitobida o'ziga xos uslubda yozilgan turkum hikoyalar jamlangan. Muallif o'zi ko'rgan va bevosita ishtirok etgan voqea-hodisalarni badiiy talqin qiladi. Biri-biridan hayajonli, qiziqarli va ayni paytda hayotiy bo'lgan hikoyalar o'quvchilarni beixtiyor voqealar domiga tortadi. Xikoyalarda o'zimizning sodda va samimiy odamlarimiz xarakteri, dunyoqarashi mohirlik bilan tasvirlangan. O'ylaymizki, ushbu hikoyalar jamlanmasi o'kuvchilarga manzur bo'ladi.
- 167
- 199
Zardushtiylik xrestomatiyasi
G.T.Mahmudova, M.M.Isxoqov, B.B.Jalolov
G. Mahmudova, M.Isxoqov va B.Jalolov tamonidan tayyorlangan “Zardushtiylik xrestomatiyasi» Аvestaning keng qamrovli diniy-mifologik, falsafiy g'oyalari, tarixiy. etnografik, huquqiy muammolari bilan bog'liq jahon avestologiyasining asl manbalarini o'zbek tiliga tarjimalari asosida tayyorlangan.
Mualliflar tomonidan tizimlashtirilgan zardushtiylik va Аvestaning oʼquvchilarga nomaʼlum bo'lgan ilk bor havola etilayotgan manbalari keng kitobxonlar orasida Аvestaning noyob va ko'p qatlamli mohiyatini keng tahlil va tadqiq etishga xizmat qiladi. Zardushtiylik xrestomatiyasi IDT-1 А-1-92 raqamli Avestani tizimli tadqiq etish va «Zardushtiylik xrestomatiyasi»ni nashr etish amaliy-texnik granti loyihasi asosida tayyorlangan.
Zardushtiylik xrestomatiyasi avestashunoslik tadqiqot olib boruvchi ilmiy xodimlar va keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
- 294
- 426