yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Ko'k tangri
Sobir Rustamxonli
Taniqli ozarboyjon shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, publisisti Sobir Rustamxonlining ushbu romanida Sharq tarixida buyuk ahamiyat kasb etgan. O'g'uz xon timsolida qadim turkiy xalqlarining turmush tarzi, orzu-intilishlari, yakkatangrichilikka bo'lgan ishonch-e'tiqodlari va bu e'tiqodni keng mintaqalarga yoyish uchun olib borgan kurashlari haqida hikoya qilinadi.
- 162
- 374
Lord Ejuorning o'limi
Agata Kristi
Xurmatli o'quvchi! Qo'lingizdagi ushbu kitobdan jahon adabiyotining yirik vakillari bo'lmish Agata Kristining "Lord Ejuorning o'limi" hamda Charlz Vilyamsning "Ajal nafasi" romanlari o'rin olgan. "Lord Ejuorning o'limi" romanida boylik deb uchta begunoh insonni o'ldirib, zarracha vijdoni qiynalmagan go'zal xonim Deynning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilinsa. "Ajal nafasi" asarida ayollar makriga uchrab, o'lim bilan ro'baro' bo'lgan sodda yigit Skarboro Lining boshiga tushgan og'ir musibatlar tasvirlanadi.
- 161
- 663
Sariq devni minib
Xudoyberdi To’xtaboyev
O’zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To’xtaboyevning asarlari nafaqat respublikamizda, balki chetellarda ham ma’lum va mashhurdir. Qo’lingizdagi “Sariq devni minib” sarguzasht romani bolalar hayotidan olib yozilgan bo’lib, ularning sevimli kitoblaridandir. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo’l halol mehnat, yaxshi xulq-odob va qunt bilan o’qishda ekanligi ta’kidlanadi.
- 196
- 539
Quzg'un-sabrli qush
Jeyms Xedli Cheyz
Mashhur ingliz yozuvchisi Jeyms Xedli Cheyz asarlarini jahon xalqlari sogʼinib, sevib oʼqiydigan yozuvchilar qatorida turadi. Uning asarlarida adolat yovuzlik ustidan, sadoqat va muhabbat qabohat, makr ustidan tantana qiladi. Yozuvchining hukmingizga havola qilinayotgan "Quzgʼun- sabrli qush", "Gankondan kelgan tobut" romanlarida boylikga hirs, pulga sigʼinib yashash, xar qanday insoniy burchni toptashning ayanchli yakun topishi qiziqarli voqealar asosida tavsiyalar beriladi.
- 133
- 391