новые публикации
Жанры
Теги
Самые популярные публикации
Alisher Navoiy g'azallarida hazil-mutoyiba
Tuzuvchi A.A`zamov
Ushbu kitobga Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-ma`oniy" devonlariga kirgan g'azallardagi hazil-mutoyiba ruhidagi baytlar jamlangan. Zarur o‘rinlarda baytlar qiyin so'zlar lug'ati hamda izohlar bilan ta’minlangan. Aruz vaznining mukammalligi va jozibasini namoyish etish hamda baytlarni ifodali o‘qishni qulaylashtirish maqsadida maxsus belgilar vositasida rukn va hijolar ajratilgan.
Kitob bugungi avlodni buyuk shoirning tabarruk merosidan bahramand etishday xayrli maqsadga xizmat qiladi, deb umid bildiramiz.
- 70
- 226
Devoni hikmat
Ahmad Yassaviy
Qo‘lingizdagi hikmatlar devoni Sharq madaniyati tarixiga katta ta’sir ko‘rsatgan yirik mutasavvuf olim va shoir Xoja Ahmad Yassaviy qalamiga mansub bo‘lib, birinchi marta uning nisbatan to‘liq nashri e’lon qilinmoqda. Bundan tashqari, kitobga tasavvufdagi darveshlik oqimining asoslarini bayon qiluvchi «Faqrnoma» risolasi ham kiritilgan. Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
- 136
- 466
Ma'rifat yog'dusi
Sa'diy Sheroziy
Sharq mumtoz so'z san'atidan pand-nasihat yo'nalishini yuksak darajaga ko'targani jihatidan axloq muallimi sifatida mashhur bo'lgan zabardast so'z san'atkori, mutafakkir adib Sa'diy Sheroziyning boy adabiy merosi asosida tayyorlangan ushbu to'plam uning go'zal, ruboiy va fardlaridan namunalarni, shunigdek, asarlar davomida maktab-madrasalarda darslik sifatida o'qitilgan.
"Bo'ston" va "Guliston" asarlari va umumijodidan saralab olingan keng dunyoqarash, chuqur bilim va katta hayotiy falsafa bilan to'yingan, har biri xalq maqollari kabi jaranglovchi badiiy barkamol hikmatlarini o'z ichiga oladi.
- 177
- 542
Zamonamiz qahramoni
Mixail Yurevich Lermontov
Har bir kitobda so‘zboshi uning ham avvali, ham oxiridir: u yo asarning maqsadini tushuntirib berish yoki tanqiddan o‘zini oqlash va tanqidga javob vazifasini o‘taydi. Biroq, odatda, axloqiy maqsad yoki jurnal tanqidlari bilan o‘quvchilarning ishlari bo‘lmaydi shuning uchun ular so‘zboshini o‘qimaydilar. Afsuski, ayniqsa bizda shunday. Bizning kitobxonlarimiz hali shu qadar yosh va soddadilki, agar masalaning oxirida qissadan hissa degan xulosa bo'lmasa, uning ma'nosiga tushunib yetmaydilar.
- 116
- 488