yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Alisher Navoiy g'azallarida hazil-mutoyiba
Tuzuvchi A.A`zamov
Ushbu kitobga Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-ma`oniy" devonlariga kirgan g'azallardagi hazil-mutoyiba ruhidagi baytlar jamlangan. Zarur o‘rinlarda baytlar qiyin so'zlar lug'ati hamda izohlar bilan ta’minlangan. Aruz vaznining mukammalligi va jozibasini namoyish etish hamda baytlarni ifodali o‘qishni qulaylashtirish maqsadida maxsus belgilar vositasida rukn va hijolar ajratilgan.
Kitob bugungi avlodni buyuk shoirning tabarruk merosidan bahramand etishday xayrli maqsadga xizmat qiladi, deb umid bildiramiz.
- 70
- 226
Бола одоби билан азиз
Зиёвуддин Раҳим
"Бола - одоби билан азиз" китобида болалар одоб-ахлоқи ҳақида жуда керакли маълумотлар берилган. Мисол учун уйда ва мактабда ўзини қандай тутиш лозимлиги, кўчада юриш одоблари, ота-онага, устозларга, қариндошларга қандай муомала қилиш ҳақида муҳим йўл-йўриқлар кўрсатилган. Шунингдек, бу китобдан болаларнинг дунёқарашини кенгайтирадиган қизиқ мавзулар ва ибратли ҳикоялар ҳам ўрин олган.
Севикли фарзандларимиз бу китобни ўқиб, ҳаётнинг моҳиятини яхшироқ англаб этадилар, одоб-ахлоқ қоидаларини ўрганадилар, инсонларга ҳам, атроф-муҳит ва ҳайвонот оламига ҳам бирдек яхши муносабатда бўлиш нақадар муҳимлигини билиб оладилар.
- 52
- 233
Tungi qo'rquv
Saidvafo Boboyev
"Men anglagan haqiqatlar", "Armonli dunyo", "sirtmoq qoshidagi o'ylar" kitoblari muallifi Saidvafo Boboevning ushbu kitobida o'ziga xos uslubda yozilgan turkum hikoyalar jamlangan. Muallif o'zi ko'rgan va bevosita ishtirok etgan voqea-hodisalarni badiiy talqin qiladi. Biri-biridan hayajonli, qiziqarli va ayni paytda hayotiy bo'lgan hikoyalar o'quvchilarni beixtiyor voqealar domiga tortadi. Xikoyalarda o'zimizning sodda va samimiy odamlarimiz xarakteri, dunyoqarashi mohirlik bilan tasvirlangan. O'ylaymizki, ushbu hikoyalar jamlanmasi o'kuvchilarga manzur bo'ladi.
- 164
- 191
Hamal
Emil Zolya
Qahraton qish sovug'ida ham, bahorning pilch-pilch pallasida ham yog'och boshmoqlarini to'qillatib, ko'mir konlariga borib kelayotgan zahmatkashlar hayoti naqadar ayanchli...
Qorong'i yer ostidagi og'ir mehnat, qashshoqlik, hukmron sinfning zolimligi shaxtyorlarda norozilikni kuchaytirib, ularni yorug' kelajak uchun kurashga otlantiradi, biroq ularning uyushqoqsizligi tufayli kurash barbod bo'ladi, ammo shaxtyorlar yorqin kelajak uchun kurashni davom ettirish orzusi bilan yashay boshlaydilar.
Bu voqealar ulug' fransuz yozuvchisi Emil Zolyaning «Hamal» («Жерминаль») romanida keng yoritilgan.
- 72
- 367
Ko'zgular
Najib Mahfuz
Najib Mahfuz asarlarining mazmun jihatidan hayotiyligi, obrazlarining ishonarligi, ularda oddiy insonga xos his-tuyg'ular, fikr va uylar haqida so'z borishi, tilining sodda va ravonligi kabi ko'plab yaxshi xususiyatlar adibning faqat arab Sharqidagina emas, balki butun dunyoda nom qozonishiga sabab bo'ldi. Uning qator asarlari juda ko'p tillarga, shu jumladan, rus tiliga ham tarjima qilingan.
- 49
- 368