yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Hayo-xaloskor
Ibrohim G'afurov
Taniqli adabiyotshunos olim, yozuvchi, tarjimon Ibrohim G'afurovning ikki jilddan iborat asarlarining birinchi kitobiga keyingi yillarda yozilgan bir necha turkum nasriy nazmlari - mansuralari hamda mumtoz adabiyot, mumtoz siymolar, mumtoz tarix yilidagi badialari, hikoyalari kiritilgan. Muallif o'z mo'jaz lirik asarlarini - "Mening romanlarim" deb ataydi.
Darhaqiqat ular rango-rang hayot, g'aroyib inson umrlarining har soniyasida bo'lib turgan, hali yozilmagan, lekin asli mo'jizaga teng jonli romanlarining javhari, qaymog'i kabi go'zal bir tassurot qoldiradi. Ularda davr ichida o'rtanayotgan, tinimsiz boy kechinmalar ichida yashayotgan, Insonliqning asl ma'nosini qidirayotgan zamondoshimiz gavdalanadi.
- 128
- 317
Tarixi Rashidiy
Mirzo Muhammad Haydar Ayoziy
Ikki daftardan iborat bo'lgan ushbu kitobda XIV-XVI asrlarda Markaziy Osiyo hududida yashagan xalqlar, hukmronlik qilgan xon va podsholar xonadoni tarixi, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti, shu jumladan davlatchilik tizimi, xalqaro munosabatlari, geografik joylashuv, etnografiyasi, etnogenezi aks etgan.
Kitob o'lka tarixi bilan qiziquvchilarga hamda mutaxassislarga mo'ljallangan.
- 271
- 481
Jahon adabiyoti durdonalari I jild
mas'ul muharrir Akmal Saidov
Jahon adabiyotining benazir vakillari Mol'er, Jan-Jak Russo, Onore de Bal'zak, Jande de Lafonten, Kabo Abe asarlaridan tashkil topgan ushbu kitobdan o'rin olgan asarlarning har birida o'ziga xos ma'no va hayajon yuksak badiiy tarzda aks etgan bo'lib, ular insonni ma'nan va ruhan boyishiga xizmat qiladi.
- 199
- 647