yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Boburiylar sulolasi
Mahmudjan Nuriddinov
Risola tariximizning eng yorqin, shu bilan birga kam o‘rganilgan sahifalaridan hisoblangan Temuriylar sulolasi tarixining bir qismini yoritishga bag‘ishlangan. Ma’lumki, mazkur sulola dunyodagi umummusulmon sulolalari ichida eng uzoq umr ko'rgan, katta tarixiy davrni qamrab olgan sulola hisoblanadi.
Agar Amir Temur hukmronligi 1370 yildan boshlangan bo'lsa, undan keyingi Temuriylar avlodi "ota-bola" zanjirini hosil qilib, bu zanjirning eng oxirgi halqasi bo‘lmish Sirojiddin Bahodirshoh II Hindistondagi Boburiylar davlatida 1857 yilda inglizlar tomonidan taxtdan chetlatilgan. Bir so‘z bilan aytganda, bu sulola salkam 500 yil hukmronlik qilgan.
Keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan ushbu risola zikr etilgan sulolaning bir qismi bo‘lmish Boburiylar avlodiga bag‘ishlanib, Zahiriddin Muhammad Boburdan Sirojiddin Bahodirshoh II gacha bo‘lgan ba’zi tarixiy voqealarni qamrab olgan.
- 85
- 233
Muxtasar
Zahiriddin Muhammad Bobur
Boburning aruz haqidagi risolasi 1561 yil Hoji Muhammad Samarqandiy tomonidan ko‘chirilgan nodir qo‘lyozma nusxasi asosida birinchi bor nashrga tayyorlandi. Risolada o‘zbek aruzi arab, fors-tojik aruzi sistemasi bilan qiyosiy bayon qilingan. Shuningdek, asarda XIV—XVI asrlarda ijod qilgan qator shoirlarning nodir asarlaridan misollar keltirilgan. Ushbu risola o‘zbek va boshqa tukiy xalqlarning she’riyat nazariyasi va tarixini o‘rganishda muhim manba va qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Kitob so‘z boshi, risolaning hozirgi o‘zbek grafikasidagi transliteratsiyasi, faksimil nashri, izoh va ko‘rsatkichlar bilan ta’minlangan.
Bu asar aruzshunoslar, adabiyotshunoslar va aruz ilmi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
- 60
- 323
Zahiriddin Muhammad Bobur
Ergash Ochilov
Risolada yirik davlat arbobi, mashhur sarkarda, zabardast shoir, bilimdon muarrih, nuqtadon olim Zahiriddin Muhammad Boburning suronlio hayoti, serqirra faoliyati va sermahsul ijodi haqida ilmiy ommabop usulda hikoya qilinadi.
Risola keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
- 79
- 183
"Jadidlar"- Is'hoqxon To'ra Ibrat
Ulug'belk Dolimov
Pedagogika fanlari doktori, professor Ulug'bek Dolimovning mazkur risolasida Is'hoqxon Ibratning hayot yo'li, tarix, tilshunos va shoir ijodiy faoliyati yoritiladi. Shu bilan birga. risoladan Ibratning noshirligi, jamoat arbobi sifatidagi faoliyati haqida e'tiroflar hamda uning hikmatli so'zlari o'rin olgan.
Risola keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
- 184
- 245
"Jadidlar" - Abdulla Qodiriy
Bahodir Karimov
XX asr o'zbek adabiyotining mumtoz namoyondasi, istedodli adib Abdulla Qodiriy o'zbek romanchilik maktabining asoschisi sanaladi. Uning asarlari o'zbekning har bir xonadoniga kirib bordi, har bir o'zbek kitobxonining sevimli asarlari qatoridan o'rin oldi. Abdulla Qodiriy nomi asarlari bilan birga jahonga tanildi.
Shu e'tibordan Bahodir Karimovning mazkur risolasida yozuvchining hayoti, ijodi, romanlari, satirik asarlari tahlili va qodiriyshunoslik xususida ma'lumot beriladi. Shu bilan birga, kitobdan adibning hikmatli so'zlar hamda boshqalar tomonidan e'tirof etilishi ham o'rin olgan.
Risola keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
- 123
- 189