yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Денгиз ҳақида сўзлаб бер менга
Элчин Сафарли
Ҳаётнинг бебаҳолиги, нурнинг туганмас ва абадийлиги, ўтаётган ҳар лаҳзанинг қадрли экани - инсон тафаккурини ҳамиша идрок этишга чорлаб келади. Бу дунёда бахтнинг ҳам, бахтсизликнинг ҳам шифоси бор. Ким умрини қандай ва қанақа йўсинда яшаб ўтиши -фақат ўзига боғлиқ.
Ушбу асар бизни ҳаётга теранроқ қарашга, ёруғликка интилиш билан орзуларимизни рўёбга чиқариш ҳамда вақтни исроф қилмасликка даъват этади. Бунинг учун севишга шошилмоғимиз, нафас олишимизда эса муҳаббат бўлмоғи лозим.
- 67
- 103
Magnit ayol
Nargiza Erkaboyeva
Mazkur kitobga ilk marta ayollik energiyalari va ularni uyg'otuvchi, oshiruvchi amaliyotlar berilgan. Kitob trening-kitob tarzida yozilgan bo'lib, nazariya bilan birga ko'plab amaliy mashg'ulotlardan tashkil topgan. Kitob magnit ayol bo'lish, har qanday yoshda ham jozibador, maftunkor, yosh va sog'lom qolish sirlaridan bahramand etadi. Mazkur kitobdagi amaliyotlar orqali siz ayollik energiyangizdan foydalanib sevgiga, sovg'alarga, sayohatlarga ochadi.
- 56
- 66
Maqsad
Shohbozbek Dolimov
Shohbozbek Dolimov Toshkent shahrida tug'ilgan. Hozirgi yoshi 25-da bo'lganiga qaramay ko'p chet davlatlardagi oliygohlarda ta'lim olishga ulguribdi. Yaponiyadan boshlab to Norvegiyagacha. O'zini boshidan kechirganlarini va ona-yurtdan olisdagi hayotning qiyinchiliklarini «Maqsad» deb nomlangan kitobida avtobiografk shaklda yozgan.
- 30
- 55
Orzular qanoti
Gavhar Sagdullayeva
Ushbu kitob orqali kundalik turmushda sodir buladigan tushunmovchiliklar moddiy muammolardan xalos bulib o'zingiz orzu qilgan chinakam baxtli hayotingizni qurishingizga yordam beradi
- 30
- 59
Boburiylar sulolasi
Mahmudjan Nuriddinov
Risola tariximizning eng yorqin, shu bilan birga kam o‘rganilgan sahifalaridan hisoblangan Temuriylar sulolasi tarixining bir qismini yoritishga bag‘ishlangan. Ma’lumki, mazkur sulola dunyodagi umummusulmon sulolalari ichida eng uzoq umr ko'rgan, katta tarixiy davrni qamrab olgan sulola hisoblanadi.
Agar Amir Temur hukmronligi 1370 yildan boshlangan bo'lsa, undan keyingi Temuriylar avlodi "ota-bola" zanjirini hosil qilib, bu zanjirning eng oxirgi halqasi bo‘lmish Sirojiddin Bahodirshoh II Hindistondagi Boburiylar davlatida 1857 yilda inglizlar tomonidan taxtdan chetlatilgan. Bir so‘z bilan aytganda, bu sulola salkam 500 yil hukmronlik qilgan.
Keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan ushbu risola zikr etilgan sulolaning bir qismi bo‘lmish Boburiylar avlodiga bag‘ishlanib, Zahiriddin Muhammad Boburdan Sirojiddin Bahodirshoh II gacha bo‘lgan ba’zi tarixiy voqealarni qamrab olgan.
- 84
- 233