yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Aql solig'i
M. Agmedov
Ushbu kitobdagi hikoyat va rivoyatlarning har biri ibrat ko'zgusi hamda hikmat xazinasi bo'lib, xalq donishmandligini o'zida mujassam etgan, asrlar davomida tildan tilga o'tib sayqal topgandir.
Bu kitob o'quvchilarga munosib tuhfa bo'ladi, deb umid qilamiz.
- 54
- 204
Saylanma 1- jild
Shukur Xolmirzayev
Ovga borayotgan edim, havo aynidi. «Bahor havosida, bir sevalab o'tar», deb ketaverdim. Biroq sal o'tmay yomg'ir shunday quyib berdiki, birpasda ust-boshim ho'l bo'lib, badanimga yopishib qoldi. Shunda, turgan yerimdan ikki yuz qadamcha narida jar va jarga tushaverishda ovchilar, yo'lovchilar ko'nib o'tadigan kamarcha borligi yodimga tushdi.
Jarga yaqinlashishim bilan shuvok isi aralash tutun dimog'imga urdi. Kamarga kirdim. O'rtada gulxan yonar, chetroqda okchil chakmon kiygan, o'rta bo'y bir kishi eshagining egarini bo'shatardi.
- 66
- 248
Baxt kaliti
Tozagul Jumanova
Yosh ijodkor Tozagul Jumanovaning ushbu to‘plamdagi jajji bitiklari maroq bilan o‘qiladi. Darhaqiqat, tiniq, jonli tasvirlar o‘quvchini o‘ziga rom etadi. Tozagul - bolaparvar, oilaparvar qalamkash. U bolajonlar ko‘nglini, kechinmalarini teran anglaydi, shuningdek, tabiatni, jonivorlar, qushlar olamini ham yaxshi biladi.
Ertak tariqasida qalamga olingan ibratli voqealar, kechinmalar bolajonlarimizning maʼnaviy olamini boyitishga hissa qo‘shishiga ishonamiz.
- 126
- 406
Bo'ri o'g'li
Jek London
Amerikalik iste’dodli yozuvchi Jek London nomi o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish. Adibning "Martin Iden", "Uch qalb" romani, qissa va hikoyalari o‘zbek tiliga taijima qilingan.
Qo'lingizdagi to‘plamda Jek Londonning eng sara hikoyalari jamlangan. Ushbu kitob sizning ko‘ngil mulkingizdan o‘rin olishiga ishonamiz.
- 177
- 435
Sherlok Xolms haqida hikoyalar
Artur Konan Doyl
Artur Konan Doylning e’tiboringizga havola etilayotgan "Mashhur izquvar Sherlok Xolmsning so‘nggi sarguzashtlari" va bir qator detektiv, psixologik va tarixiy hikoyalari mazkur adabiy janrlar sohasida qalam tebratuvchi adiblar orasida u chindan ham ustoz maqomida ekanligining isbotidir.
- 141
- 397