yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Cho'lpon she'rlari
Abdulhamid Cho'lpon
O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Yunusov — Cho‘lpon 1897 yilda Andijonning «Qatorterak» mahallasida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Uning ilk ijodi ijtimoiy va madaniy hayot haqida xabarlar yozish bilan boshlangan. Otashqalb shoirning yuksak hissiyotga yo‘g‘rilgan she’rlari tezda uni elga tanitdi, turkiy dunyoga mashhur qildi. Ayni chog‘da uning hurlikni, ozodlikni alqagan she’riyati o‘zbek xalqida ona diyorga muhabbat, mustamlakachilarga nafrat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyaladi.
Cho‘lpon nasrda ham ijod qildi. Uning nazokat va nafosatga vobasta qalami «Oydin kechalarda», «Qor qo‘ynida lola» hikoyalarida va «Kecha va kunduz» romanida yorqin aks etgan. Adib jahon adabiyotining nodir asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girdi. Shoir tarjimasidagi V. Sheksspirning «Hamlet»i o‘zbek tarjima san’atining shoh namunasidir.
- 90
- 401