новые публикации
Жанры
Теги
Самые популярные публикации
Maktab rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish orqali ta’lim sifatini oshirish strategiyalari
Abduvali Ismoilov
Mazkur monografiyada maktab rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish orqali ta’lim sifatini oshirish strategiyalari tadqiq etilgan. Unda rahbarlar faoliyatini takomillashtirishning nazariy-amaliy asoslari va ilg‘or xalqaro tajribalar tahlil qilingan. Nashr ta’lim menejerlari, rahbarlar va soha tadqiqotchilari uchun mo‘ljallangan.
- 21
- 77
Tanlangan asarlar
Vilyam Shekspir
Insoniyatning razolat va qabohatga, xiyonat va aldovga, yovuzlik va ochko'zlikka isyoni bo'lib yangragan ushbu Hamlet monologi ulug' dramaturg Vilyam Shekspir qalamiga mansub. To'rt yarim asrdan buyon angliyalik buyuk san'atkor asarlari dunyoni hayratga solib kelmoqda. To'rt yarim asrdirki, jahon xalqlari Hamlet va Ofeliya, Otello va Dezdemona, Romeo va Juletta, Qirol Lir va Makbet bilan birga kuladi, yig'laydi, iztirob chekadi, hayajonga tushadi. Ular bilan birga sevadi, nafratlanadi, ezgulik tantanasi uchun kurashad
- 224
- 400
Mo'ttivoymisan, mittivoymisan?
Anvar Obidjon
Mo'ttivoy haqidagi qissa O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning yangi bitilgan asarlaridan hisoblansa-da, yosh kitobxonlarga yoqib qolgani bois, qisqa vaqt ichida bir necha bor nashr etildi.
Tabiat va undagi barcha jonzotni sevishga, asrab-avaylashga chorlovchi ushbu qissa ichakuzdi voqealarga juda boy, asar qahramonidan tortib, uning atrofidagi boshqa ishtirokchilarning har biri o ‘xshashi yo‘q xislatga, fe'l-atvorga ega va shunisi bilan o‘quvchining yodiga mustahkam o'rnasha oladi.
Ushbu asarning Mo‘ttivoyi kitobsevar bolalar uchun bundan keyin ham Shum bola, Hoshimjon, Buratino, Maugli singari sevimli qahramonlardan biri bo'lib qo'laverishiga shak-shubha yo‘q.
- 417
- 1117
Ot kishnagan oqshom
Tog'ay Murod
Tog‘ay Murodning asarlarini nasrdagi poeziya deyishadi. Uning poetik til bilan yozilgan “Ot kishnagan oqshom” qissasini o‘qisangiz bunga yana bir bora amin bo‘lasiz. Ular she’rday o‘qiladi, katta bir asardek taassurot qoldiradi. “Oti bor odamning qanoti bor” deydi yozuvchi. Yozuvchining badiiy mahorati, jonivor bilan o‘zaro suhbatlashuv uslubi asar oxirigacha sizni o‘zidan uzoqlashtirmaydi.
- 309
- 639
Orzular qanoti
Gavhar Sagdullayeva
Ushbu kitob orqali kundalik turmushda sodir buladigan tushunmovchiliklar moddiy muammolardan xalos bulib o'zingiz orzu qilgan chinakam baxtli hayotingizni qurishingizga yordam beradi
- 260
- 517