new publications
Genres
Tags
Most popular publications
Fosh
Mirzohid Muzaffar
Mirzohidning hammamiz ko'rib turgan dunyo ichida o'zigagina tegishli ichki dunyosi bor. Uning teran nigohidan borliqdagi hech bir narsa chetda qolmaydi, jonsizlarni jonlantiradi, hatto jilvalantiradi. Кimdir uning dunyosiga bо'у cho'zib qaragudek bo'lsa, ertaklar olamiga yoinki o'zga sayyoraga tushib qolgandek his etadi o'zini va bu olamning sehr-jozibasidan kechib ketolmay qoladi. Shoirning dunyosi shunchalar bepoyonki, ko'rib tuгgan boгlig'imiz uning kiprigidagi tomchiga teng.
- 49
- 59
Maqsad
Shohbozbek Dolimov
Shohbozbek Dolimov Toshkent shahrida tug'ilgan. Hozirgi yoshi 25-da bo'lganiga qaramay ko'p chet davlatlardagi oliygohlarda ta'lim olishga ulguribdi. Yaponiyadan boshlab to Norvegiyagacha. O'zini boshidan kechirganlarini va ona-yurtdan olisdagi hayotning qiyinchiliklarini «Maqsad» deb nomlangan kitobida avtobiografk shaklda yozgan.
- 31
- 56
Ўйлар, ҳикматлар, нақллар, шеърлар
Абу Райҳон Беруний
Буюк аллома Берунийнинг минг йиллик тўйини ўтказиш биргина бу олижаноб сиймонинг тантанаси бўлибгина қолмай, балки бутун фан ва маданиятимиз тантанасидир. Чунки Абу Райҳон Беруний Ўрта Осиё фанини Шарқ фани ютуқлари билан ҳар томонлама чуқур эгаллаб маълум юксакликка эришди, замонасида ва ундан олдин, кейин ҳам ҳеч ким етолмаган чўққига чиқди.
Ўн аср олдин Хоразм вилоятида дунёга келган бу мўътабар зот жаҳон фани ва маданиятига чинакам улкан ҳисса қушди. Беруний 150 дан ортиқ асар яратди. Буларнинг баъзилари кичик-кичик рисола — китобча бўлса, кўпи бир-икки жилдли, тўрт юз- беш юз бетли, баъзилари минг бетли китобдан иборат.
Бу китобларни мавзуларга бўлиб чиқсак, Берунийнинг қайси фанга қанчалик эътибор берганлиги ва у билан қанчалар шуғулланганлиги манзараси кўз олдимизга келади. Ушбу китобда алломанинг баъзи асарларидан намуналар келтирилган.
- 115
- 357
Ishq aro vasling tilab
Alisher Navoiy
Hazrat Navoiy asarlarining komil inson tarbiyasida o‘rni beqiyos. Bu zotning qoldirgan merosi xalqimiz uchun bitmas-tuganmas ma’naviy xazinadir. Bu kitobga biz Alisher Navoiyning eng mashhur gazallarini yig'ishga harakat qildik. Undagi she’rlar Sizni yana bir bor rom etishi, shubhasiz.
- 100
- 226
Devon
Zahiriddin Muhammad Bobur
O'zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, mashhur davlat arbobi, atoqli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur qoldirgan ilmiy, tarixiy va adabiy meros uzoq asrlar davomida butun dunyo tadqiqotchilarining diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. Xususan, uning badiiy nasrning ham yetuk namunasi hisoblanishga loyiq "Boburnoma" asari keng shuhrat qozongan bo‘lib, qator xorijiy tillarga tarjima qilingan va turli mamlakatlarda bir necha bor nashr etilgan.
1983 yilda afg‘onistonlik olima Shariqa Yorqin Kobul shahrida "Devoni Zahiriddin Muhammad Bo-bur"ning nashrini amalga oshirdi. Olima ilgarigi barcha nashrlarga suyangan holda Bobur she’riy merosini devon shaklida tartibga keltirib, ayrim chalkashliklar va nuqsonlarga barham berdi.
O'quvchilarga taqdim etilayotgan ushbu kitob ana shu nashrlar asosida tayyorlangan.
- 96
- 226