yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Iymonlashish umidi
Tohir Malik
O‘zgaga jahannam «gullari» nasib bo‘lishini istayotgan odam buning o‘rniga o‘zi uchun jannat rohatini tilagani afzal emasmikin? O‘zganing jahannam o‘tida kuymog‘i uning duosi bilan bo‘lmaganidek, o‘zining jannat bog‘larida sayr qilishi yaxshi niyat va amallari bilan ekanligini bilishi ham bir baxtdir.
- 120
- 481
Odamiylik mulki
Tohir Malik
Yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub ma’naviyat va tarbiya masalalariga bag‘ishlangan "Odamiylik mulki" (Axloq kitobi) - kitobining "Ishq" deb nomlangan ikkinchi fasli adib tanlangan asarlarining oltinchi jildidan, uchinchi fasli - "Saodat" esa to‘qqizinchi jildidan (Husnu xulq) joy olgan edi.
Muhtaram kitobxonlarning istak va takliflari inobatta olinib, u adibning ayrim tuzatish va tahrirlardan so‘ng yaxlit kitob xoliga keltirildi. Mazkur kitob ma’naviyat quyoshidan yorishib turgan qutlug‘ xonadoningiz uchun bir tuhfa bo‘lar, degan umiddamiz.
- 81
- 394
Tolzordan esgan shamol
Kennet Grexem
Mashhur ingliz adibi Kennet Grexemning dunyo bolalari qo‘ldan qo‘ymay mutolaa qiladigan mazkur qissasi Angliyaning o‘zida qayta-qayta nashr etilib, jahon tillarining deyarli barchasiga tarjima qilingan. Asarning paydo bo‘lish tarixi juda oddiy va qiziq. Yozuvchining yolg‘izgina o‘g‘li yozgi ta’til paytida buvisining xuzuriga yo‘l oladi. Bu vaqtinchalik ayriliq, sog‘inch otani har kuni o‘g‘liga maktub yozishga undaydi. Uning yo‘llaydigan maktublari shunchaki arzi hol bo‘lib qolmay, bu g‘aroyib voqealar asosida qo‘lingizdagi mazkur asar dunyoga keldi. Tarjimon Tilavoldi Jo‘rayev asarni ingliz tilidan mohirona tarjima qilgan. Shu sabab voqealar yaqin o‘rtada ro‘y berayotgandek tuyuladi va kitobxonni rom etib, o‘ziga xos olamlar sari boshlaydi.
- 141
- 369
Yulduzlar mangu yonadi
Tog'ay Murod
Yosh yozuvchi Tog'ay Murod o'zining mazkur qissasida Surxon vohasidagi polvonlarning qadimgi va hozirgi milliy kurash an'analarini, uslublarini tasvirlaydi. Avtor polvonlarning g'olib chiqqandagi quvonchlari-yu, mag'lub bo'lgandagi alamlarini qiziqarli ifodalashga uringan.
- 150
- 442
Somon yo'li
Chingiz Aytmatov
"Oq kema", "Bo'tako'z" hamda "Somon yo'li" kabi mashhur qissalardan iborat ushbu kitob Chingiz Aytmatov ijodining eng sermahsul davridan dalolatdir. Har uchala asar jonli tasir va hikoyachilar jihatidan o'quvchi diqqatini butkul o'ziga tortadi.
- 153
- 439