yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Bolalik va o'smirlik ko'chalari
Erkin Malik
Aziz o'quvchilar! Sir emas, bugungi kunda aksariyat kattalar kiril, bolalar esa lotin imlosida badiiy asarlar o'qiydilar. Shularni hisobga olib, Sizlarga ajoyib va g'aroyib bitta asarni bitta muqovada, ikki imloda taqdim etayapmiz. Niyat-kitob jim turmay qo'lma-qo'l bo'lib, xizmatingizda bo'lsin.
Bu uslubning qulayliklari ko'p. Avvalo, kattalar yosh bolalarga kitobni o'qib berishlari mumkin. Yana imlolarni bir-biriga qiyoslab savodxonlikni ham oshirsa bo'ladi.
- 77
- 191
Temir xotin
Sharof Boshbekov
Sharof Boshbekovning “Temir xotin” dramasini butun o‘zbek xalqi yaxshi biladi. O‘tgan asrning 80-yillarida yaratilgan, o‘z vaqtida shov-shuv bo‘lgan, 20 dan ortiq tilga tarjima qilingan bu asar hozirgacha sevib o‘qiladi. Asar asosida tasvirga olingan film miriqib tomosha qilinadi.
Uning bu qadar mashhurlashishi va milliy dramamizning gultoji darajasiga ko‘tarilishining sababi esa asar zamirida yotadigan millat fojiasi, alamli og‘riqlarining aks etishidir.
- 111
- 117
Ishqqa oid qirq qoida
Elif Shafaq
Ushbu kitob bugungi kunda asarlari zamonamiz bestselleriga aylanishga ulgurgan, Turkiya va AQSH yozuvchisi sifatida tanilgan Elif Shafaq tomonidan yozilgan. Unda ishq tuyg‘usi va odamlar orasidagi o‘zaro bir birini tushunishday murakkab ruhiy muammolar mahorat bilan yoritib berilgan. Shuningdek, Sharqqa va G‘arbga, o‘tmishda va hozirga oid motivlarning birlashib ketishi bilan o‘quvchi diqqatini o‘ziga tortadi.
- 26
- 95
Bo‘ri bolalarini qanday o‘rgatadi?
Lev Tolstoy
Lev Tolstoyning asarlari oddiy kishilarni savodli qilish, katta san'at asarlarini ham tushunishga qodir bo'lishga qaratilgan. Bu uslub rus adabiyotida eng buyuk yozuvchilar ijodiga xos, xususan Pushkin, Gorkiylarni bu safda ko'rish mumkin. Tolstoy asarlari yil sayin qayta-qayta nashr etilmoqda.
O'z asarlarida xalq hayotini, kurashini, umid-orzularini tarannum etgan buyuk yozuvchi ijodi chinakam xalq mulkiga, uning ma'naviy xazinasiga, tarbiya dasturiga aylandi. Yozuvchining "Bo'ri bolalarini qanday o'rgatadi" asarida ham 130 dan ortiq hikoyalar, ertaklar va masallar o'rin olgan. Kitob keng kitobxonlar doirasiga mo'ljallangan.
- 168
- 451
Ayb kimda
Abdulla Qohhor
Abdulla Qahhor hikoyalari teran mazmun-mohiyati, voqealar tasvirining rang-barangligi hamda ifoda tilining ravonligi bilan ajralib turadi. Qaysi hikoyasini o'qimang, asar syujetidagi achchiq haqiqat hajv pardasiga shunday mohirona o‘rab berilganki, ham kulasiz, ham kuyasiz. Adib asarlarining ta'sirchanligi va umrboqiyligi ham shunda.
- 192
- 560