yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Alisher Navoiy
Isajon Sulton
"Hazrat Alisher Navoiy o'rta asrda yashab o'tgan bir mutafakkir, aksincha, u har bir davr uchun zamon kishisi. U bizning donishmand zamondoshimizdir. Ulug'bobomiz asarlarini necha yuz yillar davomida tushunib o'qigan va bugun ham anglab o'qiyotgan insonlar o'z yuraklarini og'ritib qiynayotgan savollarga, o'z zamonasiga oid barcha ma'naviy va ruhiy muammolarga javob topa oladi.
- 63
- 197
Кўктўнликлар
Баҳодир Мурод Али
"Кўктўнликлар" Баҳодир Мурод Алининг биринчи йирик асари. Қиссанингсюжети анъанавий-кичик ҳикоялардан қурилган бўлишига қарамай, умумий яхлитлик касб етган. Муаллиф қийин мавзу-ўлкада Совет ҳукуматининг узил-кесил ўрнатилишини асарнинг бош мавзуси қилиб олган.
- 41
- 71
Севги шундай навбаҳорки
Эркин Воҳидов
Ушбу сайланмада Ўзбекистон қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов қаламига мансуб инсон қалбининг - энг яхши туйғуси - муҳаббат тараннуми ҳақидаги шеърлар жамланган.
- 45
- 111
Mo'ttivoymisan, mittivoymisan?
Anvar Obidjon
Mo'ttivoy haqidagi qissa O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning yangi bitilgan asarlaridan hisoblansa-da, yosh kitobxonlarga yoqib qolgani bois, qisqa vaqt ichida bir necha bor nashr etildi.
Tabiat va undagi barcha jonzotni sevishga, asrab-avaylashga chorlovchi ushbu qissa ichakuzdi voqealarga juda boy, asar qahramonidan tortib, uning atrofidagi boshqa ishtirokchilarning har biri o ‘xshashi yo‘q xislatga, fe'l-atvorga ega va shunisi bilan o‘quvchining yodiga mustahkam o'rnasha oladi.
Ushbu asarning Mo‘ttivoyi kitobsevar bolalar uchun bundan keyin ham Shum bola, Hoshimjon, Buratino, Maugli singari sevimli qahramonlardan biri bo'lib qo'laverishiga shak-shubha yo‘q.
- 32
- 116
Ot kishnagan oqshom
Tog'ay Murod
Tog‘ay Murodning asarlarini nasrdagi poeziya deyishadi. Uning poetik til bilan yozilgan “Ot kishnagan oqshom” qissasini o‘qisangiz bunga yana bir bora amin bo‘lasiz. Ular she’rday o‘qiladi, katta bir asardek taassurot qoldiradi. “Oti bor odamning qanoti bor” deydi yozuvchi. Yozuvchining badiiy mahorati, jonivor bilan o‘zaro suhbatlashuv uslubi asar oxirigacha sizni o‘zidan uzoqlashtirmaydi.
- 34
- 85