yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Alisher Navoiy
Isajon Sulton
"Hazrat Alisher Navoiy o'rta asrda yashab o'tgan bir mutafakkir, aksincha, u har bir davr uchun zamon kishisi. U bizning donishmand zamondoshimizdir. Ulug'bobomiz asarlarini necha yuz yillar davomida tushunib o'qigan va bugun ham anglab o'qiyotgan insonlar o'z yuraklarini og'ritib qiynayotgan savollarga, o'z zamonasiga oid barcha ma'naviy va ruhiy muammolarga javob topa oladi.
- 63
- 197
Boburning olmosi
Iroj Aminiy
Ushbu kitob Eronda tug‘ilib, Tehron, Oksford va AQSH universitetlarida tahsil olgan, Eron shohining Tunisdagi oxirgi elchisi, taniqli tarixnavis Iroj Aminiy qalamiga mansub bo'lib, unda qimmati butun dunyo axolisini ikki yarim kun davomida boqishga yetadigan afsonaviy olmos, to'rt mamlakat: Hindiston. Afg‘oniston, Eron va Angliya tarixida sezilarli va murakkab iz koldirgan - “Kuhinur” (“Tog' yog'dusi”) nomi bilan olamga mashhur kimmatbaho tosh haqida hikoya qilinadi.
- 74
- 212
Jaziramadagi odamlar
Luqmon Bo'rixon
Istedodli yozuvchi Luqmon Bo'rixonning "Jaziramadagi odamlar" romani. Unda ovloq cho'l quyidagi cho'lquvarlarning hayotiy kechinmalari ifoda etilgan. Asarning g'oyat go'zal va jozibali badiiy tili o'quvchini beixtiyor o'ziga rom qiladi.
Romanning bosh qahramoni Lolaxon. Taqdirning taqazosi bilan u ovloq joyga kelin bo'lib tushgan. Lolaxonning achiq qismati hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi. Sevgi-sadoqat, hiyonat va nafrat kabi abadiy tuyg'ularni yozuvchi, o'ziga xos ravishda noyob tasvirlangan.
- 80
- 260
Sarob
Abdulla Qahhor
Abdulla Qahhorning «Sarob» romanini o‘zbek va qardosh xalqlarning bir qancha adiblari o‘zlari uchun mahorat maktabi, deb bilganlar. Asardagi chuqur psixologik tahlil namunalaridan, xarakter va holat yaratish usullaridan, syujet va kompozitsion yaxlitlikka erishish yo‘llaridan, ayniqsa, badiiy tilning jozib tovlanishidan saboq olganlar va olmoqdalar.
Roman yaratilgan paytidan buyon adabiyotshunoslikning diqqat markazidan tushmay, hali-hamon qizg‘in bahslarga sabab bo‘lmoqda.
- 108
- 260
Girdob
O'ktam Usmonov
O‘ktam Usmonov ijodida «Girdob» (1979) romani muhim o‘rin tutadi. Roman asosida yaratilgan videofilm xalq orasida shuhrat qozongan. Asarda ziyolilarning mashaqqat va izlanishlarga to‘la hayoti, haqiqat va nohaqlik o‘rtasidagi shiddatli kurashlar, ziddiyatlar mahorat bilan tasvirlangan. Aziz, Mahamatchatoq obrazlari hayotiy, samimiy bo‘yoqlarda chizilgan. Mazkur roman 1980 yili Oybek mukofotiga sazovor bo‘lgan.
- 51
- 261