new publications
Genres
Tags
Most popular publications
Arastu
- Author: Urfon Otajon Zodir A’lam
- Genres: Жахон адабиёти дурдоналари
- Summary:
Qadimiyatning daho mutafakkiri, ustozi avval, Iskandar Zulqarnaynga murabbiylik qilgan Arastu (Aristotel) asarlari orasida «Magnia Moralia» - «Axloqi kabir» alohida o‘rin tutadi. rastuning bu va boshqa asarlaridagi hikmatlar Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy va Navoiy kabi Sharq allomalarining ham mehr-muhabbatiga sazovor bo‘lgan. «Axloqi kabir» asarida barcha zamonlar va barcha insonlar uchun suv va havoday, quyosh nuriday zarur ilmi hikmat durdonalarini topamiz, bu durdonalar bizning ma’naviy olamimizni boyitadi va go‘zallashtiradi. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk Sharq allomalarining dam ustozi bo‘lgan Arastu - Aristotelning (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) ijodiy merosi hozirgacha ham jahon falsafiy-estetik tafakkuri xazinasining qimmatli boyligi sanaladi. Allomaning «Poetika» («Nafis san’atlar haqida») risolasidan bizga qadar faqat ba’zi qimmatli parchalargina yetib kelgan bo‘lib, ana shu qismlar ham hozirgacha barcha faylasuf, san’atshunos, adabiyot nazariyotchilarining asosiy dasturilamali bo‘lib xizmat qiladi. «Poetika» o‘zbek tilida ilk marta 1979 yilda Izzat Sulton tahriri ostida bosilgan edi. «Poetika»ning XIX – XXVI boblarini Ummat To‘ychiev, I-XVIII boblarini Mahkam Mahmud tarjima qilgan. «Axloqi kabir» va «Ritorika» M.Mahmudov tarjimasida berilmoqda.
- Download: PDF
- Reading online: PDF
- Tags Falsafa
- 1078
- 1494