yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Tarixi Rashidiy
Mirzo Muhammad Haydar Ayoziy
Ikki daftardan iborat bo'lgan ushbu kitobda XIV-XVI asrlarda Markaziy Osiyo hududida yashagan xalqlar, hukmronlik qilgan xon va podsholar xonadoni tarixi, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti, shu jumladan davlatchilik tizimi, xalqaro munosabatlari, geografik joylashuv, etnografiyasi, etnogenezi aks etgan.
Kitob o'lka tarixi bilan qiziquvchilarga hamda mutaxassislarga mo'ljallangan.
- 271
- 481
Jahon adabiyoti durdonalari I jild
mas'ul muharrir Akmal Saidov
Jahon adabiyotining benazir vakillari Mol'er, Jan-Jak Russo, Onore de Bal'zak, Jande de Lafonten, Kabo Abe asarlaridan tashkil topgan ushbu kitobdan o'rin olgan asarlarning har birida o'ziga xos ma'no va hayajon yuksak badiiy tarzda aks etgan bo'lib, ular insonni ma'nan va ruhan boyishiga xizmat qiladi.
- 199
- 646
Fasohat mulkining sohibqironi
Botirxon Akram
Ushbu kitob marhum alloma, mumtoz adabiyot donishmandi Botirxon Akramning " Fasohat mulkining sohibqironi" va "Navoiy shohbaytlari" asarlarida tarkib topdi. Kitobda ulug' mutafakkir shoir, "so'z gavhari"ning valiyulloh nafasli suxanvori va xazinadori bo'lmish Mir Alisher Navoiyning shohbaytlai, ularning rangin suvratida aks etgan, purdard siyratiga singdirilgan falsafiy, ruhiy, ma'naviy nuktadonliklar, badiiy, musiqiy, tasviriy lavha-manzaralar - mo'jizu solim timsollar kamoli muhabbat va rag'bat bilan sharhlanadi.
- 122
- 444
Iblis va Prim xonim
Paulo Koelo
Paulo Koelo ayni kunda jahonning sevib o'qilayotgan o'n nafar yozuvchilaridan biridir. Ijod qilishni boshlaganiga qisqa vaqt o'tgan bo'lsa ham, uning kitoblari oʼqilish koʼrsatkichi butun umr ijod qilgan, ommabop adib deya tan olingan Jorji Аmadonnikidan ham yuqorilab ketdi. Paulo Koeloning aytishicha, har qanday insonni ijodga undaydigan kuch bu-hayot ishqidir.
Mazkur asarda inson ruhiyatining evrilishlari mahorat bilan ochib berilgan. Unda betakror taqdir egalarining qismatini tasvirlash asnosida yovuzlik va ezgulik, nafs va sabr, nafrat va muhabbat, iymon va gunoh singari umuminsoniy mavzular to'g'risida bahs ketadi.
- 147
- 477
Tanlangan asarlar
Azim Suyun
Azim Suyun adabiyotimizning atoqli namoyondalaridan. Shoirning yigirmadan ortiq to'plami o'zbek tilida, shuningdek, uning asarlari, asarlaridan namunalar ko'plab xorijiy tillarda ham chop etilgan.
- 155
- 598