new publications
Genres
Tags
Most popular publications
Qayta tug'ilgan bola
Abdusaid Ko'chimov
O‘smirlik — inson hayotining eng murakkab, eng qaltis, eng nozik davridir. Bolalikdan bajog‘atga o‘tish bosqichi hisoblanmish bu davrda xarakter shakllanadi, kuchli his-tuyg‘u, g‘ayrat - shijoat jo‘sh uradi; o‘smir qalb hissiyotga berilib, mustaqil bo'lishga, o‘z qiyofasini namoyon qilishga intiladi.
Qator asarlari bilan o‘quvchilar mehriga sazovor bolgan iqtidorli adib Abdusaid Ko‘chimovning qo'lingizdagi kitobiga kiritilgan qissa va hikoyalarning barchasida aynan ana shu go‘zal manzaralar o‘smirlar ruhiy olamida sodir bo‘lguvchi rivojlanish jarayonlari badiiy talqin qilinadi.
- 65
- 196
Don Kristobalning xatosi
tarjimon Alisher Sa'dulla
Kurrai zaminimizda yashab turgan har bir insonning orzu-umidlari jamiyat kelajagiga, bashariyat taraqqiyotiga muayyan ta'sir ko‘rsatishiga tarixda misollar ko‘p. Zero, ezgu niyatlar insoniyatni farovonlikka boshlashi, buzg‘unchi istaklar jamiyatni tanazzul tomon yetaklashi ham kechmishda ko‘p bor o‘z tasdig‘ini topgan. Mazkur «Don Kristobalning xatosi» kitobidan o‘rin olgan qissa va hikoyalar turli mamlakatlarda yashab ijod qilgan adiblar qalamiga mansub bo‘lsa-da, ularni bir-biriga bog‘lab turuvchi bir qancha jihatlar mavjud. Ularning eng asosiysi – Odamiylik tuyg‘usi, Insonning o‘z-o‘zini anglashga, kamolga yetishga intilishi g‘oyasidir. O‘zining va demak, kishilik jamiyatining baxtli va farovon hayot kechirishi uchun intilish, bu yo‘lda sabot bilan ilgarilash, kitobga kirgan barcha asarlar qahramonlarini bir-biriga ruhan yaqinlashtirib, birlashtirib turadi.
- 135
- 485