yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Morella
Edgar Po
Qo‘lingizdagi kitobdan o‘rin olgan hikoyalar o‘zining badiiy jozibasi, mavzular rang-barangligi bilan ajralib turadi.
„Morella“ hikoyasida dunyoning sirliligi, inson tabiatining anglab bolmas jihatlari haqida so‘z borsa, „Qismat“ hikoyasida yoriga yordam berish uchun hamma narsaga tayyor bolgan yigitning fidoiyligi tasvirlanadi.
Aziz kitobxonlar! Ushbu to‘plamdan o‘rin olgan hikoyalar sizga manzur boladi degan umiddamiz.
- 204
- 564
Bo'ri-odam yili
Stiven King
Taker Millz shaharchasida vahima boshlanadi. Shahar ahli yangi yil kayfiyati bilan yashayotgan kunlarda dahshatli qotillik yuz beradi. Bu qotilliklarning oy to'lishgan kunda sodir etilishi hammani qo'rquvga soladi. Shaharda bo'ri-odam haqida mish-mishlar tarqaladi...
Ushbu to'plamdan o'rin olgan hikoyalar sayqal topgan uslubi, kutilmagan voqealari bilan o'quvchini hayratga soladi.
- 220
- 527
Aql solig'i
M. Agmedov
Ushbu kitobdagi hikoyat va rivoyatlarning har biri ibrat ko'zgusi hamda hikmat xazinasi bo'lib, xalq donishmandligini o'zida mujassam etgan, asrlar davomida tildan tilga o'tib sayqal topgandir.
Bu kitob o'quvchilarga munosib tuhfa bo'ladi, deb umid qilamiz.
- 151
- 510
Saylanma 1- jild
Shukur Xolmirzayev
Ovga borayotgan edim, havo aynidi. «Bahor havosida, bir sevalab o'tar», deb ketaverdim. Biroq sal o'tmay yomg'ir shunday quyib berdiki, birpasda ust-boshim ho'l bo'lib, badanimga yopishib qoldi. Shunda, turgan yerimdan ikki yuz qadamcha narida jar va jarga tushaverishda ovchilar, yo'lovchilar ko'nib o'tadigan kamarcha borligi yodimga tushdi.
Jarga yaqinlashishim bilan shuvok isi aralash tutun dimog'imga urdi. Kamarga kirdim. O'rtada gulxan yonar, chetroqda okchil chakmon kiygan, o'rta bo'y bir kishi eshagining egarini bo'shatardi.

- 173
- 576
Baxt kaliti
Tozagul Jumanova
Yosh ijodkor Tozagul Jumanovaning ushbu to‘plamdagi jajji bitiklari maroq bilan o‘qiladi. Darhaqiqat, tiniq, jonli tasvirlar o‘quvchini o‘ziga rom etadi. Tozagul - bolaparvar, oilaparvar qalamkash. U bolajonlar ko‘nglini, kechinmalarini teran anglaydi, shuningdek, tabiatni, jonivorlar, qushlar olamini ham yaxshi biladi.
Ertak tariqasida qalamga olingan ibratli voqealar, kechinmalar bolajonlarimizning maʼnaviy olamini boyitishga hissa qo‘shishiga ishonamiz.

- 264
- 744