new publications
Genres
Tags
Most popular publications
Devon
Zahiriddin Muhammad Bobur
O'zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, mashhur davlat arbobi, atoqli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur qoldirgan ilmiy, tarixiy va adabiy meros uzoq asrlar davomida butun dunyo tadqiqotchilarining diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. Xususan, uning badiiy nasrning ham yetuk namunasi hisoblanishga loyiq "Boburnoma" asari keng shuhrat qozongan bo‘lib, qator xorijiy tillarga tarjima qilingan va turli mamlakatlarda bir necha bor nashr etilgan.
1983 yilda afg‘onistonlik olima Shariqa Yorqin Kobul shahrida "Devoni Zahiriddin Muhammad Bo-bur"ning nashrini amalga oshirdi. Olima ilgarigi barcha nashrlarga suyangan holda Bobur she’riy merosini devon shaklida tartibga keltirib, ayrim chalkashliklar va nuqsonlarga barham berdi.
O'quvchilarga taqdim etilayotgan ushbu kitob ana shu nashrlar asosida tayyorlangan.
- 96
- 225
Yoz fasli yor vasli
Zahiriddin Muhammad Bobur
Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoh, mohir sarkarda va benazir shoirdir. Mana besh asrki shoirning g'azallari har safar o'quvchiga katta ta`sir qilib, ma`naviy ehtiyojini qondirib, ruhiy quvvat bo'lib kelayotir.
Aziz kitobxon! Vatan, Yurt, Sog'inch, Muhabbat va insoniyat haqida benazir sh`rlar bitgan ulug' shoirning she`riy marvaridlari ko'ngil xazinangizga munosib boylik bo'lib qo'shilishiga ishonamiz.
- 99
- 240
Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi
Bosh muharrir A.A`zamov
Jahon tarixidagi buyuk siymolardan biri, o'zbek xalqining mashhur farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530 yy.) o'zining nisbatan qisqa, ammo ko'p qirrali, sermazmun, murakkab hayoti va faoliyati davomida beqiyos tarixiy va ijodiy meros qoldirgan.
Bu merosni ilmiy nuqtai nazardan tahlil etish, tizimga solish, izohlar bilan ta’minlash va targ‘ib etish maqsadida "Bobur ensiklopediyasi" nashrga tayyorlandi. "Bobur ensiklopediyasi" Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan va jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo'shgan boshqa buyuk tarixiy namoyondalar qomuslarini yaratishda birinchi tajriba vazifasini o'tashi umid qilinadi. Kitob keng o'quvchilar doirasiga mo'ljallangan.
- 78
- 143
Sanga ko'nglumni oldurdum
Zahiriddin Muhammad Bobur
Mirzo Bobur adabiy merosining eng sara namunalari asosida tuzilgan ushbu to'plam shoh va shoirning dil o'rtar g‘azallari, purma’no ruboiylari, go'zal tuyuqlari, daqiq kuzatishlar mahsuli bo'lmish fardlari va turli asarlari orasidan saralab olingan teran ma’noli hikmatlarini o'z ichiga oladi. Zabardast so'z san’atkori nazmiy merosi va badiiy mahorati haqida yaxlit tasavvur hosil qiluvchi mazkur majmua she’riyat muhlislariga munosib tuhfa deb o'ylaymiz.
- 79
- 184
Bobur devoni
Nashrga tayyorlovchi Shafiqa Yorqin
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek-fors adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirgan zullisonayn shoir, Movarounnahr, Afg‘oniston va Hindiston tarixi, jug‘rofiyasi, etnografiyasi, demografiyasi, iqlimi, folklori, muxtasar qilib aytganda, bu yurtlar hamda unda yashaydigan xalqlar xaqida ko‘plab aniq ma’lumotlarni beruvchi qomusiy asar — "Boburnoma"ning muallifidir.
Bobur devonining ushbu nashri O'zbekistonda "Kobul nashri" nomi bilan mashxur bo‘lib, hozirgacha eng to‘liq va to‘g‘ri matn hisoblanadi. Uning asosida prof. A.Abdug‘afurov va Muhammadxo‘ja o‘g‘li Hasanxo‘ja tomonidan Bobur devonining yangi nashrlari chop etilgan (ammo Kobul nashrida ko‘rsatilgan oldingi nashrlarning xatolari bu ikki nashrda qaytadan takrorlanib, yangi matniy va matbaa xatolarga yo‘l qo‘yilgan).
- 105
- 236