новые публикации
Жанры
Теги
Самые популярные публикации
Ishqqa oid qirq qoida
Elif Shafaq
Ushbu kitob bugungi kunda asarlari zamonamiz bestselleriga aylanishga ulgurgan, Turkiya va AQSH yozuvchisi sifatida tanilgan Elif Shafaq tomonidan yozilgan. Unda ishq tuyg‘usi va odamlar orasidagi o‘zaro bir birini tushunishday murakkab ruhiy muammolar mahorat bilan yoritib berilgan. Shuningdek, Sharqqa va G‘arbga, o‘tmishda va hozirga oid motivlarning birlashib ketishi bilan o‘quvchi diqqatini o‘ziga tortadi.
- 26
- 95
Bobur Hindistonda
Uilyam Erskin
Ingliz tarixchisi va tarjimoni Uilyam Erskinning "Bobur hukmronligi davridagi Hindiston tarixi» asari noyob tadqiqot namunasi bo'lib. muallif mazkur asarida Bobur va boburiyar sulolasining Hindiston tarixi hamda Hindiston yarim orolidagi madaniy hayotning shakllanishida tutgan o‘rni haqida xolis fikr yuritadi.
- 104
- 207
Ma'naviy masnaviy
Jaloliddin Rumiy
Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlarining "Ma’naviy masnaviy" yetti asrdan buyon Sharq tafakkuri va badiiy kalom muxlislarini o'ziga maftun etib kelmoqda. Ushbu tengsiz adabiy obida har bir imon egasini Haq va haqiqat sari yuksaltiruvchi ruhiy-qalbiy narvondir.
Qo'lingizdagi kitob dunyo kutubxonasida saqlanayotgan eng mo'tabar qo'lyozma asosida nashrga tayyorlandi. O'zbek tilidagi tarjimasi esa iste’dodli shoir Odil Ikrom tomonidan amalga oshirildi. Umid qilamizki, aziz o'quvchimiz o'z imkoni darajasida ushbu bepoyon ma’naviy ummondan bahramand bo'ladi.
- 115
- 360
Tazkirat ul-avliyo
Fariduddin Attor
Buyuk mutasavvif shoir, mutafakkir va tazkiranavis Fariduddin Attorning ushbu asari nasrda bitilgan yagona va mashhur asar bo‘lib, unda tasavvuf shayxlari, avliyoullohlarning hayoti, kashfu karomatlari, turli tasavvufiy istilohlar v shariat, tariqat, ma’rifat, tavakkul, rizo, sabr, shukr kabilarga ularning qarashlari bayon etilgan.
- 212
- 486
Guliston
Sa'diy Sheroziy
Sadiy Sheroziyning “Guliston” asari faqat fors adabiyotining emas, umumadabiyotning mulkidir. Ushbu asar 1634 yil- dayoq fransuz va boshqa tillarga tarjima qilingan edi. Mashhur adiblar Gyote, Gyugo va Pushkinlar o‘z davrida bu asardan qattiq ta'sirlanishgan.
Asar falsafiy - didaktik ruhda yozilgan bo‘lib, unda turli ko‘rinishdagi axloqiy masalalarga urg‘u beriladi. “Yomon bo‘lma, yolg‘on gapirma, birovga ozor yetkazma” kabi oddiy, biroq muhim haqiqatlar turfa hikoyatlar orqali badiiy aks ettirilgan.
- 71
- 319