новые публикации
Жанры
Теги
Самые популярные публикации
Iztirob shiviri
Rahmat Bobojon
Baxt haqida so'zlash, uning borligiga o'zini ishontirish oson yumush emas. Zero, baxtga eltar yo'llarning zahmati bor.
Yosh shoir Rahmat Bobojon bu yo'lning zalvorini yurakdan his etadi va "Bog'larga gapirib faqat baxt haqida, ana, o'riklarning sochi oqargan" deya yozadi. Yosh ijodkor umrini, qismatini she'r bilan, uning iztiroblari, g'ussa va tuyg'ulari bilan bog'lagan, ayni shu bilan yashayotgan shoir.
Biz Rahmat Bobojonga bu yo'lda yorug' tuyg'ular tilab, mazkur kitob orqali uning o'quvchilariga ham bu nurdan ilinamiz.
- 58
- 190
Qalb gavhari
Fuzuliy
Otashnafas she’rlari bilan turkiy xalqlarning mushtarak shoiriga aylanib ketgan, asrlar davomida turkiy she’riyatga kuchli ta’sir ko‘rsatib kelgan Muhammad Sulaymon o‘g‘li Fuzuliy o‘zbek xalqi orasida ham mashhur. O‘tmishda hofizxonlik, navoiyxonlik, bedilxonlik qatori fuzuliyxonlik ham keng tarqalgan, shoir asarlari madrasalarning o‘quv dasturiga kiritilgan edi.
Yurtimizda Fuzuliyning hassos she’r va qo‘shiqlari kirib bormagan o‘zbek xonadoni yo‘q desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. She’riyat shinavandalarining ehtiyojlarini hisobga olib tuzilgan ushbu to‘plam sohir so‘z san’atkorining eng mashhur va badiiy barkamol g‘azallari, tarje’bandlari, tarkibbandi, muxammaslari, musaddasi, murabba’lari, qit’alari va ruboiylari hamda «Forsiy devon»idan tarjima qilingan namunalarni o‘z ichiga oladi.
- 165
- 956
Esimdadir ajib dam hali
A. S. Pushkin
Jahon she'riyati durdonalari
- 128
- 478
Odisseya
Gomer
Turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, yunon shoiri Gomer miloddan avvalgi 12-asr bilan 7-asr oralig‘ida yashab o‘tgan. Uning ko‘zlari ojiz bo‘lgan va o‘z asarlarini baxshilar kabi og‘zaki aytgan. Ularni kim, qachon yozib olgani aniq emas.
Gomerning asrlar osha bizgacha yetib kelgan va hamon ko‘ngillarga hayrat urug‘ini sochishda davom etayotgan «Odisseya» qahramonlik eposi yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, unda faqat she’rlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, real tarixiy voqealar ham aks etgan.
- 177
- 531
Танланган асарлар IV жилд
Абдурауф Фитрат
Абдурауф Фитрат бадиий ижод ва илмнинг жуда кўп соҳалари буйича тадқиқотлар олиб борди. Сизга ҳавола қилинаётган 4-жилддан унинг “Адабиёт қоидалари”, “Энг эски турк адабиёти намуналари” каби адабиётшуносликка, “Тилимиз”, “Сарф”, “Наҳв” сингари тилшуносликка оид ҳамда ижтимоий-маърифий йуналишидаги “Оила” асари урин олган.
Китоб фитратшунос тадқиқотчилар ва меросимиз билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
- 172
- 554