новые публикации
Жанры
Теги
Самые популярные публикации
Sochining savdosi tushdi
Zahiriddin Muhammad Bobur
Zahiriddin Muhammad Bobur o'zbek adabiyotining Alisher Navoiydan keyingi zabardast namoyondasi hisoblanadi. U adabiyotni hayotga, adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirdi. Buyuk salaflariga ergashib yozgan bir qator an`anaviy she`rlarini hisobg aolmaganda, u asosan ko'rgan bilgan, qalbidan o'tkazgan, o'zini to'lqinlantirgan narsalar, kechinmalar haqida yozgan. Ta`bir joiz bo'lsa, zamin o'z o'qi atrofidan aylangani kabi Bobur she`rlari ham samimiyat atrofidan aylanadi.
Dilbar shoirning dilkash she`rlari bilan yangi uchrashuv sizga muborak bo'lsin, aziz she`riyat muhlislari!
- 79
- 171
Seni izlayman
Islomjon Qo'chqorov
Yoshlik zangor fasl. Bu pallada tuyg'ular kamalakrang tus oladi, nigohlarga sir inadi. Shoir Islom Qo'chqorovning she'rlarini o'qib, yoshlikning ana shunday begard, jo'shqin, aksariy satrlariga duch kelasiz. Yurt himoyasida o't-olov bo'lgan yigit qalbi ishq kuyida bemajoldir, oshufta holdir. Bu uning yuragi oshiqligidan darak. Ushbu mo'jaz to'plamdan o'rin olgan she'rlarda shoirning ana shunday qalbga yaqin izhorlaridan bahramand bo'lasiz.
- 48
- 181
Maxtumquli she'rlari
Maxtumquli
Maxtumquli asarlari xalqona oxanglarda, odamlar ko‘ngliga yaqin shakilda, tillarga “o‘rnashib” qolgan so‘zlar bilan bitilgan. Shu bois uning aksar she’rlari xalq ichida yod bo‘lib ketgan. Maxtumquli asarlari o‘zbek tiliga bir necha bor tarjima qilinib, kitob xolida chop etilgan. Bu xayrli ishni ilk bor ustoz Jumaniyoz Sharipov 1963-yilda amalga oshirgan edilar.
Ko‘pchilik o‘zbek shoirlari Maxtumquli ijodidan namunalar tarjima qilishgan. 1995-yili esa iste’dodli shoir Muzaffar Axmad tarjimasida Maxtumqulining yana bir kitobi bosilib chiqdi. Nihoyat, 2004-yili taniqli shoir va tarjimon Mirzo Kenjabek Maxtumqulining “Saylanma” kitobini xalqimizga tuxfa etdi. Xullas Maxtumqulini hech ikkilanmay o‘zbek sevgan turkman shoiri deyish mumkin.
- 86
- 399
Cho'lpon she'rlari
Abdulhamid Cho'lpon
O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Yunusov — Cho‘lpon 1897 yilda Andijonning «Qatorterak» mahallasida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Uning ilk ijodi ijtimoiy va madaniy hayot haqida xabarlar yozish bilan boshlangan. Otashqalb shoirning yuksak hissiyotga yo‘g‘rilgan she’rlari tezda uni elga tanitdi, turkiy dunyoga mashhur qildi. Ayni chog‘da uning hurlikni, ozodlikni alqagan she’riyati o‘zbek xalqida ona diyorga muhabbat, mustamlakachilarga nafrat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyaladi.
Cho‘lpon nasrda ham ijod qildi. Uning nazokat va nafosatga vobasta qalami «Oydin kechalarda», «Qor qo‘ynida lola» hikoyalarida va «Kecha va kunduz» romanida yorqin aks etgan. Adib jahon adabiyotining nodir asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girdi. Shoir tarjimasidagi V. Sheksspirning «Hamlet»i o‘zbek tarjima san’atining shoh namunasidir.
- 90
- 401
Уйқу қочганда...
Асқад Мухтор
Ушбу китобда атоқли адиб, шоир, файласуф Асқад Мухторнинг сўнгги асари – Тундаликлари жамланган.
Тундаликлар – муаллифнинг тунги кечинмалари, фикр мулоҳазалари маҳсули. Улар ягона ғоявий-фалсафий йўналишга эга эмас, аммо ёзувчининг бедор қалби, уйғоқ тафаккури, туғёнли кечинмалари – барчаси муштарак муъжизалар – Одам ва Олам бағридаги сир-синоатлардан дарак беради, китобхонни теран хаёлга толдиради.
Асқад Мухтор – дунё ҳикматларини мўъжизалар тарзда туя оладиган ва шунга монанд ифода қила оладиган қаламкаш эди. Тундаликлар бунинг ёрқин исботидир.
- 172
- 640