yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Bu tog'lar ulug' tog'lar
Evril Turon
“Bu tog‘lar ulug‘ tog‘lar”, “Bo‘z bo‘ri”, “O‘lmas qoyalar”, “Tumanli kunlar” va “Oy nuri” kabi asarlar muallifi hisoblanadi. Ijodkor 1975 yilda e’lon qilingan “Bog‘don qashqiri” qissasida birinchi marta bosmachilik harakati ishtirokchilarini milliy ozodlik kurashchilari sifatida tasvirlaydi. Adib o‘zining 1981 yil “Sharq Yulduzi” jurnalida chop etilgan “O‘lmas qoyalar” romanida ushbu mavzuni davom ettirgan.
- 94
- 444
Qo'shchinor chiroqlari
Abdulla Qahhor
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 80 yilligi muaosabati bilan adibning besh jildlik «Asarlar»i nashr etilmoqda. Muallif «Sarob» romanida 20-yillar hayotiga murojaat qilib, burjua millatchiligi ideologiyasining reaktsion mohiyatini ochib, uning halokati, inqirozi qonuniyligini, yangi hayot tantanasi muqarrarligini realistik obrazlarda aks ettiradi. Shuningdek, ushbu birinchi jildga adibning 30-yillarda yozilgan hikoyalari ham jamlandi.
- 51
- 290
Yolg‘izlikning yuz yili
Gabriel Garsia Markes
«Yolg‘izlikning yuz yili» – buyuk kolumb yozuvchisi Gabriel Garsiya Markesga Nobel mukofotini olib kelgan mashhur asar. Roman hozirgi kunga kelib ispan tilidan boshqa tillarga eng ko‘p tarjima qilinish bo‘yicha Migel Servantesning «Don Kixot»idan keyingi o‘rinda turadi. Roman «mo‘’jizaviy realizm» deb nomlangan yo‘nalishda yozilgan. Bunga sabab, asarda noreal narsalar oddiy holday ko‘rsatiladi.
- 104
- 261
Jaloliddin Rumiy
Radiy Fish
Aziz kitobxon! Yaxshi kitob mutolaasi – ko‘ngil bayrami. Yaxshi kitobni qo‘lga oldingiz, bayramingiz muborak bo‘lsin! Bu kitob bashariyat shoiri deb dong taratgan hazrati Mavlono haqida, uning dunyoning kitobi deb nom qozongan buyuk asari – «Masnaviy ma’naviy»ning yaratilish tarixi xususida.
2007 yil YuNESKO qarori bilan jahon bo‘ylab Jaloliddin Rumiy yili deb ataldi va dunyo mamlakatlarida Mavlono tavalludining muborak sakkiz yuz yilligi bayram qilindi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus majlisi ana shu sanaga bag‘ishlandi.
Hali dunyo ahli biror olimu allomaga bu qadar izzatu ehtirom ko‘rsatmagan. Boshdan-oxir bir qo‘shiqdek jaranglovchi bu roman sizni ana shu ulug‘ siymoning munavvar dunyosiga boshlab kiradi va siz uning umrbod maftuni bo‘lib qolasiz.
- 132
- 303