Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Яхшидан буюкка
Жим Қоллинз
Қўлингиздаги ушбу китоб катта бир жамоанинг кўп йиллик чуқур тадқиқотининг натижасидир. Узоқ йиллик меҳнатнинг самараси ўлароқ, асарда келтирилган ҳар бир маълумотнинг қиймати баланд ва сизга у жуда катта муваффақиятлар келтириши аниқ. Биз ўртамиёналикка, яхши бўлишга кўникиб қолганмиз. Буюкликка, юксакликка эришолмаймиз.
Олдинга юришдан қўрқамиз, шунинг учун камчиликкагина буюк тақдир ва буюк ҳаёт насиб қилади. Зеро бизнес таваккалчилик асосига қурилади. Ўз бизнесингизни бошлаганингизга анча бўлди, бизнесингиз юриб турибди, аммо олдинга силжиш, ўсиш йўқ.
Нима қилишни билмаяпсизми? Унда бу қўлланма айнан сиз учун! Бизнесингизнинг ғилдирагини шиддат билан айлантиришни Бизга қўйиб беринг. Сиздан фақат диққат билан ўқиб чиқиш ва амал қилиш қолди холос. Сизга қунт ва сабр тилаймиз!
- 220
- 597
Tungi qo'rquv
Saidvafo Boboyev
"Men anglagan haqiqatlar", "Armonli dunyo", "sirtmoq qoshidagi o'ylar" kitoblari muallifi Saidvafo Boboevning ushbu kitobida o'ziga xos uslubda yozilgan turkum hikoyalar jamlangan. Muallif o'zi ko'rgan va bevosita ishtirok etgan voqea-hodisalarni badiiy talqin qiladi. Biri-biridan hayajonli, qiziqarli va ayni paytda hayotiy bo'lgan hikoyalar o'quvchilarni beixtiyor voqealar domiga tortadi. Xikoyalarda o'zimizning sodda va samimiy odamlarimiz xarakteri, dunyoqarashi mohirlik bilan tasvirlangan. O'ylaymizki, ushbu hikoyalar jamlanmasi o'kuvchilarga manzur bo'ladi.
- 341
- 544
Buni hayot debdilar
Nusrat Rahmat
Yosh suxandonning ilk bor ekranda paydo bo‘lishi yoxud aktyorning birinchi marta sahnaga ko'tarilishi arafasidagi hayajonini kuzatganmisiz? Bir necha daqiqalik muloqotning zohiriy salobati bosadi, boyaqishlarni. Mening ayni lahzalardagi hayajonim ularnikidan chandon ustun. Chunki tanaffuslari bilan qo'shib xisoblaganda naq yigirma olti yillik mehnatim mahsulini ilk bor hukmingizga havola etyapman.

- 204
- 808
Jaziramadagi odamlar
Luqmon Bo'rixon
Istedodli yozuvchi Luqmon Bo'rixonning "Jaziramadagi odamlar" romani. Unda ovloq cho'l quyidagi cho'lquvarlarning hayotiy kechinmalari ifoda etilgan. Asarning g'oyat go'zal va jozibali badiiy tili o'quvchini beixtiyor o'ziga rom qiladi.
Romanning bosh qahramoni Lolaxon. Taqdirning taqazosi bilan u ovloq joyga kelin bo'lib tushgan. Lolaxonning achiq qismati hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi. Sevgi-sadoqat, hiyonat va nafrat kabi abadiy tuyg'ularni yozuvchi, o'ziga xos ravishda noyob tasvirlangan.

- 290
- 1041
Sarob
Abdulla Qahhor
Abdulla Qahhorning «Sarob» romanini o‘zbek va qardosh xalqlarning bir qancha adiblari o‘zlari uchun mahorat maktabi, deb bilganlar. Asardagi chuqur psixologik tahlil namunalaridan, xarakter va holat yaratish usullaridan, syujet va kompozitsion yaxlitlikka erishish yo‘llaridan, ayniqsa, badiiy tilning jozib tovlanishidan saboq olganlar va olmoqdalar.
Roman yaratilgan paytidan buyon adabiyotshunoslikning diqqat markazidan tushmay, hali-hamon qizg‘in bahslarga sabab bo‘lmoqda.

- 287
- 860