Genres
Tags
Most popular publications
Layli va Majnun
Alisher Navoiy
"Layli va Majnun" shunchaki sevgi haqidagi asar emas, balki insonning insonga bo'lgan muhabbati haqidagi muhtasham obidadir. Pokiza va samimiy muhabbat dostoni siz, aziz kitobxonlarga muborak bo'lsin.
- 260
- 538
Hayrat ul-abror
Alisher Navoiy
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy "Xamsa"sining birinchi dostoni "Hayrat ul-abror" ("Yaxshilar hayrati") beshlik yaratish an'analari asosida yaratilgan falsafiy ruhdagi asar bo'lib, unda muallifning hayot va insoniyat, davr va zamonlar, mashhur tarixiy shaxslar, saltanatlar va vorislik, komil insonlar to‘g‘risidagi qarashlari o‘z ifodasini topgan.
- 228
- 535
Farhod va Shirin
Alisher Navoiy
"Farhod va Shirin" haqiqiy sevgi-muhabbat, vafo va sadoqat, do‘stlik va insonparvarlik g‘oyalari qatorida, kasb-hunar o'rganishning foydalari, shohlar va ularning saltanatlari, shohlik tartib-qoidalari haqidagi keng qamrovli, ibratli rivoyatlarga boy dostondir. Ikki oshiqning beg‘ubor sevgisi va sevishganlarning fojiali taqdiri nihoyatda mahzunlik bilan kuylangani uchun bu doston asrlar oshsa ham sevib o‘qib kelinmoqda.
- 322
- 521
Ishq aro vasling tilab
Alisher Navoiy
Hazrat Navoiy asarlarining komil inson tarbiyasida o‘rni beqiyos. Bu zotning qoldirgan merosi xalqimiz uchun bitmas-tuganmas ma’naviy xazinadir. Bu kitobga biz Alisher Navoiyning eng mashhur gazallarini yig'ishga harakat qildik. Undagi she’rlar Sizni yana bir bor rom etishi, shubhasiz.
- 227
- 470
Alisher Navoiy g'azallarida hazil-mutoyiba
Tuzuvchi A.A`zamov
Ushbu kitobga Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-ma`oniy" devonlariga kirgan g'azallardagi hazil-mutoyiba ruhidagi baytlar jamlangan. Zarur o‘rinlarda baytlar qiyin so'zlar lug'ati hamda izohlar bilan ta’minlangan. Aruz vaznining mukammalligi va jozibasini namoyish etish hamda baytlarni ifodali o‘qishni qulaylashtirish maqsadida maxsus belgilar vositasida rukn va hijolar ajratilgan.
Kitob bugungi avlodni buyuk shoirning tabarruk merosidan bahramand etishday xayrli maqsadga xizmat qiladi, deb umid bildiramiz.
- 213
- 494