yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Alisher Navoiy g'azallarida hazil-mutoyiba
Tuzuvchi A.A`zamov
Ushbu kitobga Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-ma`oniy" devonlariga kirgan g'azallardagi hazil-mutoyiba ruhidagi baytlar jamlangan. Zarur o‘rinlarda baytlar qiyin so'zlar lug'ati hamda izohlar bilan ta’minlangan. Aruz vaznining mukammalligi va jozibasini namoyish etish hamda baytlarni ifodali o‘qishni qulaylashtirish maqsadida maxsus belgilar vositasida rukn va hijolar ajratilgan.
Kitob bugungi avlodni buyuk shoirning tabarruk merosidan bahramand etishday xayrli maqsadga xizmat qiladi, deb umid bildiramiz.
- 70
- 226
Devon
Zahiriddin Muhammad Bobur
O'zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, mashhur davlat arbobi, atoqli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur qoldirgan ilmiy, tarixiy va adabiy meros uzoq asrlar davomida butun dunyo tadqiqotchilarining diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. Xususan, uning badiiy nasrning ham yetuk namunasi hisoblanishga loyiq "Boburnoma" asari keng shuhrat qozongan bo‘lib, qator xorijiy tillarga tarjima qilingan va turli mamlakatlarda bir necha bor nashr etilgan.
1983 yilda afg‘onistonlik olima Shariqa Yorqin Kobul shahrida "Devoni Zahiriddin Muhammad Bo-bur"ning nashrini amalga oshirdi. Olima ilgarigi barcha nashrlarga suyangan holda Bobur she’riy merosini devon shaklida tartibga keltirib, ayrim chalkashliklar va nuqsonlarga barham berdi.
O'quvchilarga taqdim etilayotgan ushbu kitob ana shu nashrlar asosida tayyorlangan.
- 96
- 226
Bobur Hindistonda
Uilyam Erskin
Ingliz tarixchisi va tarjimoni Uilyam Erskinning "Bobur hukmronligi davridagi Hindiston tarixi» asari noyob tadqiqot namunasi bo'lib. muallif mazkur asarida Bobur va boburiyar sulolasining Hindiston tarixi hamda Hindiston yarim orolidagi madaniy hayotning shakllanishida tutgan o‘rni haqida xolis fikr yuritadi.
- 104
- 207
Boburiylar sulolasi
Mahmudjan Nuriddinov
Risola tariximizning eng yorqin, shu bilan birga kam o‘rganilgan sahifalaridan hisoblangan Temuriylar sulolasi tarixining bir qismini yoritishga bag‘ishlangan. Ma’lumki, mazkur sulola dunyodagi umummusulmon sulolalari ichida eng uzoq umr ko'rgan, katta tarixiy davrni qamrab olgan sulola hisoblanadi.
Agar Amir Temur hukmronligi 1370 yildan boshlangan bo'lsa, undan keyingi Temuriylar avlodi "ota-bola" zanjirini hosil qilib, bu zanjirning eng oxirgi halqasi bo‘lmish Sirojiddin Bahodirshoh II Hindistondagi Boburiylar davlatida 1857 yilda inglizlar tomonidan taxtdan chetlatilgan. Bir so‘z bilan aytganda, bu sulola salkam 500 yil hukmronlik qilgan.
Keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan ushbu risola zikr etilgan sulolaning bir qismi bo‘lmish Boburiylar avlodiga bag‘ishlanib, Zahiriddin Muhammad Boburdan Sirojiddin Bahodirshoh II gacha bo‘lgan ba’zi tarixiy voqealarni qamrab olgan.
- 85
- 234
Muxtasar
Zahiriddin Muhammad Bobur
Boburning aruz haqidagi risolasi 1561 yil Hoji Muhammad Samarqandiy tomonidan ko‘chirilgan nodir qo‘lyozma nusxasi asosida birinchi bor nashrga tayyorlandi. Risolada o‘zbek aruzi arab, fors-tojik aruzi sistemasi bilan qiyosiy bayon qilingan. Shuningdek, asarda XIV—XVI asrlarda ijod qilgan qator shoirlarning nodir asarlaridan misollar keltirilgan. Ushbu risola o‘zbek va boshqa tukiy xalqlarning she’riyat nazariyasi va tarixini o‘rganishda muhim manba va qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Kitob so‘z boshi, risolaning hozirgi o‘zbek grafikasidagi transliteratsiyasi, faksimil nashri, izoh va ko‘rsatkichlar bilan ta’minlangan.
Bu asar aruzshunoslar, adabiyotshunoslar va aruz ilmi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
- 60
- 323