yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Bobur devoni
Nashrga tayyorlovchi Shafiqa Yorqin
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek-fors adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirgan zullisonayn shoir, Movarounnahr, Afg‘oniston va Hindiston tarixi, jug‘rofiyasi, etnografiyasi, demografiyasi, iqlimi, folklori, muxtasar qilib aytganda, bu yurtlar hamda unda yashaydigan xalqlar xaqida ko‘plab aniq ma’lumotlarni beruvchi qomusiy asar — "Boburnoma"ning muallifidir.
Bobur devonining ushbu nashri O'zbekistonda "Kobul nashri" nomi bilan mashxur bo‘lib, hozirgacha eng to‘liq va to‘g‘ri matn hisoblanadi. Uning asosida prof. A.Abdug‘afurov va Muhammadxo‘ja o‘g‘li Hasanxo‘ja tomonidan Bobur devonining yangi nashrlari chop etilgan (ammo Kobul nashrida ko‘rsatilgan oldingi nashrlarning xatolari bu ikki nashrda qaytadan takrorlanib, yangi matniy va matbaa xatolarga yo‘l qo‘yilgan).
- 105
- 237
Sochining savdosi tushdi
Zahiriddin Muhammad Bobur
Zahiriddin Muhammad Bobur o'zbek adabiyotining Alisher Navoiydan keyingi zabardast namoyondasi hisoblanadi. U adabiyotni hayotga, adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirdi. Buyuk salaflariga ergashib yozgan bir qator an`anaviy she`rlarini hisobg aolmaganda, u asosan ko'rgan bilgan, qalbidan o'tkazgan, o'zini to'lqinlantirgan narsalar, kechinmalar haqida yozgan. Ta`bir joiz bo'lsa, zamin o'z o'qi atrofidan aylangani kabi Bobur she`rlari ham samimiyat atrofidan aylanadi.
Dilbar shoirning dilkash she`rlari bilan yangi uchrashuv sizga muborak bo'lsin, aziz she`riyat muhlislari!
- 79
- 172
Bobur haqida o'ylar
Sayfiddin Jalilov
Prezident Islom Karimov Andijon viloyatiga Amir Temur ordenini topshirishi marosimida Andijonda faoliyat yuritayotgan ko'plab ziyolilar - madaniyat, adabiyot va san`at namoyondalari qatorida taniqli olim, professor Sayfiddin Jalilovning ham nomlarini tilga olgan edilar. Darhaqiqat, S.Jalilov yarim asrlik faoliyati davomida 300 ga yaqin ilmiy-ommabop asarlar yaratdi.
Ayniqsa, shoh va shoir Bobur hayoti bilan bog'liq risolalari vatanimizda ham, chet ellarda ham mashxurdir. Qo'lingizdagi ushbu asar Bobur Mirzo haqidagi eng so'nggi, eng yangi ma`lumotlarni beradi. O'qing, shoh va shoir siymosini yana bir bor qayta kashf eting.
- 139
- 172
Mubayyin
Zahiriddin Muhammad Bobur
"Mubayyin"- Zahiriddin Muhammad Boburning islom dini asoslarini bayon etuvchi yirik asaridir. U besh qismdan iborat bo'lib, birinchisi "E`tiqodiya", ikkinchisi "Kitob us-salot", uchinchisi "Kitob ul-zakot", to'rtinchisi "Kitob us-savm"va beshinchisi "Kitob ul-haj" deb ataladi. "Mubayyin" da diniy masalalar butun tafsilotigacha chuqur bilimdonlik va yuksak badiiy mahorat bilan o'z ifodasini topgan. U o'zbek tilida yaratilgan diniy va badiiy adabiyotning yorqin namunasihamdir.
Kitob keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan
- 124
- 216
Ko'klam qissalari
Nosir Fozilov
Bolalik — vaqt o‘tgan sari uzoqlashib ketadigan mo‘jizadir. Axir bolalikni bejiz qumsab yurmaymizku. Ammo adabiyot bilan, kitob bilan oshno ko‘ngil bu mo‘jizadan hech qachon bebahra qolgan emas. Bolalar, sevimli yozuvchingiz Nosir Fozilovning ushbu kitobini o‘qigach, bolalikning mo‘jiza ekanligiga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz.
Kitobga adibning «Saraton» va «Qush qanoti bilan» nomli qiziqarli qissalari jamlandi. Bu qissalar siz aziz o‘quvchilarga ham ma’qul bo‘ladi, degan umiddamiz.
- 81
- 338