Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar

Alisher Navoiy g'azallarida hazil-mutoyiba
Tuzuvchi A.A`zamov
Ushbu kitobga Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-ma`oniy" devonlariga kirgan g'azallardagi hazil-mutoyiba ruhidagi baytlar jamlangan. Zarur o‘rinlarda baytlar qiyin so'zlar lug'ati hamda izohlar bilan ta’minlangan. Aruz vaznining mukammalligi va jozibasini namoyish etish hamda baytlarni ifodali o‘qishni qulaylashtirish maqsadida maxsus belgilar vositasida rukn va hijolar ajratilgan.
Kitob bugungi avlodni buyuk shoirning tabarruk merosidan bahramand etishday xayrli maqsadga xizmat qiladi, deb umid bildiramiz.
- 168
- 449

Отабек ва Кумуш достони
Отаули
Ўзбек адабиётида романчилик мактабининг тамал тошини қўйган улуғ адибимиз Абдулла Қодирийнинг "Ўткан кунлар” романи ҳар жиҳатдан етуклик касб этгани боис, хоҳ адабиёт аҳли бўлсин, хоҳ оддий китобхон бўлсин, ҳар биримизнинг қалбимиздан чуқур жой олган.
Қодирийхонлик йўналишидаги мазкур китобни мутолаа қилар экансиз, "Ўткан кунлар" га ёзувчи назари билан қараб, янада теранроқ ўқиш мумкинлигига амин бўласиз. Зеро, "Қуш тилини қуш билар" деб бежиз айтилмаган.
- 297
- 395

Hikoyalar
Jek London
Ushbu kitobdan mashhur ingliz yozuvchisi Jek London ijodiga mansub hikoyalar tarjimasi o‘rin olgan. Tarjimalar ingliz tilidagi matnlar bilan yonma-yon berilmoqda. Bu esa akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ingliz tilini o'rganishda manba vazifasini ham o’taydi.
- 146
- 392

Iztirob shiviri
Rahmat Bobojon
Baxt haqida so'zlash, uning borligiga o'zini ishontirish oson yumush emas. Zero, baxtga eltar yo'llarning zahmati bor.
Yosh shoir Rahmat Bobojon bu yo'lning zalvorini yurakdan his etadi va "Bog'larga gapirib faqat baxt haqida, ana, o'riklarning sochi oqargan" deya yozadi. Yosh ijodkor umrini, qismatini she'r bilan, uning iztiroblari, g'ussa va tuyg'ulari bilan bog'lagan, ayni shu bilan yashayotgan shoir.
Biz Rahmat Bobojonga bu yo'lda yorug' tuyg'ular tilab, mazkur kitob orqali uning o'quvchilariga ham bu nurdan ilinamiz.
- 138
- 393

Eynshteyn bilan iblisvachcha
Dino Butssati
Ushbu kitobchadan Edgar Po, Abe Kabo, Dino Butssati, Latsuko Takaxasi, Sey Kubota, Tatsudzo Isikava singari jahon nosirlarining hikoya va novellalari o‘rin olgan. Asarlar mavzu doirasi nihoyatda keng. Ularda ilmparvar odam, yolg‘iz odam, zahmatkash odam, kichkina odam, yuzsiz odam singari hikoya obrazlarining murakkab hayotiy vaziyatlar ichra kechirgan kechmishlariga guvoh bolasiz.
Bunday voqealar barchamizning ko‘z o‘ngimizda ro‘y berib turgani bois, ushbu novella va hikoya obrazlarini o‘z qadrdonlaringizdek qabul qilasiz. Zotan, badiiy adabiyot bashar hayotining ko‘zgusi bo'lsa, hikoya shu ko'zguning serjilva boyliklaridir.
Bir jild ostiga jamlangan ushbu asarlar hayotning nihoyasiz savollariga javob izlayotgan har qanday o‘quvchiga manzur boladi degan umiddamiz.
- 173
- 497