Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar

Usta va Margarita
Mixail Bulgakov
Mixail Bulgakovning «Usta va Margarita» asari durdona asarlar sirasiga kiradi. Chunki unda yovuzlik va ezgulik kurashi kabi abadiy mavzu boshqacha rakursda, boshqa kompozitsiyada yoritilgan. Asarni o‘qigan o‘quvchi mistika dunyosiga g‘arq bo‘lib, jamiyat va inson illatlariga o‘zgacha ko‘z bilan qaray boshlaydi.
Bir qaraganda yorqin kaleydoskop kabi ko‘ringan voqealar shiddati, bir zumdan keyin barcha baxtsizligimiz, qusurlarimiz sababi o‘zimizda emasmikan, illatni avvalo o‘zimizdan qidirish lozimmikan, degan xotimaga kelishga majburlaydi. Lekin bu o‘zlikka qaytish o‘ziga xos ohangda, o‘xshashi yo‘q rangda namoyon bo‘la boshlaydi. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
- 158
- 549
Bir elchining manifesti
Hafiz Pashayev
Ozarbayjonning AQSHdagi birinchi elchisi Hafiz Pashayevning ushbu kitobida ikki davlat o'rtasidagi aloqalarning o'rnatilishi va rivojlanishiga oid esdalik hamda mulohazalari, bu aloqalarning strategik hamkorlik darajasigacha ko'tarilishi bayon etilgan.
Ozarbayjon elchixonasining Vashingtonda 1992-2006-yillardagi faoliyati va boy shaxsiy taassurotlarga asoslanib yozilgan ushbu kitobda mavzularning keng qamrovligi bilan bir qatorda, o'sha davrdagi siyosiy va ijtimoiy voqealarning qiziqarli tafsilotlari yoritib berilgan.
- 248
- 763

Gonkongdan kelgan tobut
Jeyms Cheyz
Dunyo miqyosida mashhur hisoblangan ushbu asar o‘tkir syujetga, turfa sarguzashtlarga boyligi bilan ajralib turadi. Unda tinib-tinchimas izquvar Nelson Rayanning bir qotillik tafsiloti bilan bog‘liq voqealarga o‘ralashib qolishi, buning natijasida kutilmagan dahmazalarga duchor bo‘lishi, Gonkongdek ulkan shaharda surishtiruv olib borishi, razil va manfur kimsalarga qarshi kurashi aks etadi. U haqiqatning tubiga yetish uchun o‘z hayotini xatarga qo‘yadi, bir necha bor o‘limga chap beradi.
Xo‘sh, mohir izquvar niyatiga yetarmikan? Gonkongdan kelgan tobut tilsimi ochilarmikan? Kitob detektiv ishqibozlariga, keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
- 194
- 715

Qalb gavhari
Fuzuliy
Otashnafas she’rlari bilan turkiy xalqlarning mushtarak shoiriga aylanib ketgan, asrlar davomida turkiy she’riyatga kuchli ta’sir ko‘rsatib kelgan Muhammad Sulaymon o‘g‘li Fuzuliy o‘zbek xalqi orasida ham mashhur. O‘tmishda hofizxonlik, navoiyxonlik, bedilxonlik qatori fuzuliyxonlik ham keng tarqalgan, shoir asarlari madrasalarning o‘quv dasturiga kiritilgan edi.
Yurtimizda Fuzuliyning hassos she’r va qo‘shiqlari kirib bormagan o‘zbek xonadoni yo‘q desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. She’riyat shinavandalarining ehtiyojlarini hisobga olib tuzilgan ushbu to‘plam sohir so‘z san’atkorining eng mashhur va badiiy barkamol g‘azallari, tarje’bandlari, tarkibbandi, muxammaslari, musaddasi, murabba’lari, qit’alari va ruboiylari hamda «Forsiy devon»idan tarjima qilingan namunalarni o‘z ichiga oladi.
- 230
- 1190
Qadimgi Yunon afsona va rivoyatlari
Nikolay Albertovich Kun
Ilohiy kuch-qudrat va bahodirlar haqida hikoya qiluvchi qadimgi afsonalar ummonining chek-chegarasi yo‘q. N.A. Kun tomonidan ulardan eng qiziqarli va o‘ziga xoslari qayta jonlantiril-gan bo‘lib, mazkur kitobga jamlangandir. Bu afsona va rivoyatlar faqat mutaxassislarnigina emas, balki keng o‘quvchilar doirasiga ham qiziqarlidir.
- 242
- 692