Genres
Tags
Most popular publications

Devoni hikmat
Ahmad Yassaviy
Qo‘lingizdagi hikmatlar devoni Sharq madaniyati tarixiga katta ta’sir ko‘rsatgan yirik mutasavvuf olim va shoir Xoja Ahmad Yassaviy qalamiga mansub bo‘lib, birinchi marta uning nisbatan to‘liq nashri e’lon qilinmoqda. Bundan tashqari, kitobga tasavvufdagi darveshlik oqimining asoslarini bayon qiluvchi «Faqrnoma» risolasi ham kiritilgan. Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
- 197
- 665

Kalila va Dimna
-
Kalila va Dimna uzoq vaqtlardan beri o‘zbek xalqiga ma’lum. Uning ko‘p hikoyatli so‘zlari, ajoyib hikoyalari har xil yo‘llar bilan xalq orasida keng yoyilib, og‘izdan og‘izga o‘tib kelmoqda. Asarning o‘zbek xalq ijodi va yozma adabiyotiga ham ta’siri katta. Butun dunyo xalqlarining, jumladan o‘zbek xalqining ham mulkiga aylanib qolgan shoh asarni qayta o‘qish baxti sizga muborak bo‘lsin, aziz kitobxon!
- 168
- 554
Mantiqut tayr
Fariduddin Attor
Fariduddin Attor sharq mumtoz adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, o'zidan keyin o'tgan barcha buyuk ijodkorlar e'tirof etgan ulkan mutasavvif shoirdir. Jumladan Alisher Navoiy uning "Mantiqul tayr" asarini olti yoshligida yod olgan, umr bo'yi uning ta'sirida yurgan va oltmish yoshlarida "Lisonut tayr" asarini yozib, ustozga chuqur ehtiromini ko'rsatgan.
- 126
- 558

Jannatga yo'l
Abdulla Oripov.
Abdulla Oripov – o‘zbek klassik shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri. O‘zbekiston Madhiyasining muallifi, yirik davlat va jamoat arbobi. Oltmishdan ziyod she’riy va publitsistik to‘plamlar muallifi. Dante Aligerining “Ilohiy komediya”si tarjimasi uchun Italiya hukumati tomonidan “Italiya oltin yulduzi” medali bilan taqdirlangan. Ushbu kitobga shoirning AQShning Xyuston shahrida yozilgan oxirgi asari “Samoviy to‘y” dostoni ham kiritilgan.
Qirg‘izistonlik mashhur o‘zbek shoiri, yozuvchi Rahim Karimov uchta dostonni rus va ingliz tillariga o‘girdi. Kitob Abdulla Oripovning 80 yilligiga bag‘ishlab chop etilmoqda.
- 244
- 756