Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Сўз санъати сўзлиги
Ёкубжон Исҳоқов
Ёкубжон Исҳоқовнинг ушбу китобига бадиият илмидан 160 га яқин сабоқлар ўқувчилар ҳукмига ҳавола этилган. Китобдан ўрин олган мумтоз шеър жанрлари ва бадиий санъатлар тизими ўзига хос хусусиятга эга бўлиб, муаллиф улардан қандай фойдаланиш кераклиги тўғрисида ўз фикрларини баён этади.
- 344
- 658

Baxt, Omad va Hayotga boshlovchi so'zlar
mas'ul muharrir Abdumurod Tilavov
Mazkur kitobda ilm-fan sohasidagi qaysidir kashfiyoti, faoliyati bilan xalqini butun dunyoga tanitgan, millatining faxr-iftixoriga aylangan mutafakkirlarning hikmatli, sara fikrlari, shuningdek, turli xalq maqollari jamlangan. Bu hikmatlar Hayot deb ataluvchi maydonning qaysidir jabhasida sizga asqotishi, hech bo‘lmaganda tafakkuringizni boyitishiga umidvormiz.
- 217
- 711
Don Kristobalning xatosi
tarjimon Alisher Sa'dulla
Kurrai zaminimizda yashab turgan har bir insonning orzu-umidlari jamiyat kelajagiga, bashariyat taraqqiyotiga muayyan ta'sir ko‘rsatishiga tarixda misollar ko‘p. Zero, ezgu niyatlar insoniyatni farovonlikka boshlashi, buzg‘unchi istaklar jamiyatni tanazzul tomon yetaklashi ham kechmishda ko‘p bor o‘z tasdig‘ini topgan. Mazkur «Don Kristobalning xatosi» kitobidan o‘rin olgan qissa va hikoyalar turli mamlakatlarda yashab ijod qilgan adiblar qalamiga mansub bo‘lsa-da, ularni bir-biriga bog‘lab turuvchi bir qancha jihatlar mavjud. Ularning eng asosiysi – Odamiylik tuyg‘usi, Insonning o‘z-o‘zini anglashga, kamolga yetishga intilishi g‘oyasidir. O‘zining va demak, kishilik jamiyatining baxtli va farovon hayot kechirishi uchun intilish, bu yo‘lda sabot bilan ilgarilash, kitobga kirgan barcha asarlar qahramonlarini bir-biriga ruhan yaqinlashtirib, birlashtirib turadi.
- 223
- 674
Jahon adabiyoti antik davrdan XVII asrgacha
Abdug'opir Qosimov, Sidiq Xo'jayev
Oliy o'quv yurtlarining filologiya yo'nalishlari (o'zbek va xorijiy tillar) talabalari, magistrantlar, mustaqil izlanuvchilar va o'qituvchilar uchun mo'jallangan mazkur qo'llanma antik davrdan XVII asrlargacha bo'lgan Yevropa adabiyoti tarixini o'z ichiga oladi.
- 278
- 664