Жанры
Теги
Самые популярные публикации

Qirq yolg'on
Tuzuvchi Asqaraliyeva Zilola
Aziz bolajonlar! Siz uchar devlarni, Sichqonboy, Qo'ng'izboy, Mulla Tappak haqida bilishni xohlaysizmi? Unda bu ertaklarni o‘qishga shoshiling. Agar ertak sizga yoqib qolsa, albatta uni o‘rtoqlaringizga, ukangiz va singlingizga aytib bering. “Qirq yolg ‘on ” ertaklar kitobidan siz to‘g ‘ri bo‘lishni, yolg ‘on gapirmaslikni o ‘rganasiz. Qo'lingizdagi “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” turkumi ostidagi kitob sizga olam-olam zavq bag'ishlaydi.
“O'zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan taqdim qilinayotgan ushbu kitob, sizning ajralmas do‘stingizga aylanadi, degan umiddamiz.
- 116
- 388

Тиллафуруш
Боқнй МИРЗО
"Тиллафуруш" романи ёзувчи Боқий Мирзонинг биринчи йирик нашрий асари сифатида "Бегойим" газетасида босилгандан кейин мухлислари янада кўпайди.
Сабаби асар ҳаётий воқеалар асосига қурилган. Бойлик туфайли икки аёл ўртасида пайдо бўлган низо ва душманликни тасвирлар экан, муаллиф ҳаётийликдан чекинмайди, бойликка ружу қўйиш оқибатлари, инсон феълида пайдо бўлган салбий ўзгаришларни мустаҳкам ахлоқий меъёрларга таянган ҳолда таҳлил қилади. Хулоса чиқаришни эса китобхоннинг ўзига қолдиради. Асарни ўқиб кўргач, ўзингиз ҳам бунга амин бўласиз.
- 260
- 340

Sohildagi qayiq
Rustam Nazar
Rustam Nazar o‘zbek bolalar adabiyotining o‘ziga xos shoirlaridandir. Uning qahramonlari ham, o'quvchilari ham nihoyatda aqlli, zukko, favqulodda bilim va kuch egalaridir. Shoir she'rlarini o‘qir ekansiz, hatto ularning xayollari ham bemisli intellektual salohiyatga ega ekanligiga amin bo‘lasiz.
- 173
- 399

Мувозанат
Улуғбек Ҳамдам
Асар шу кеча ва кундуздаги Сиз ва Биз ҳақимизда. Унда халқнинг турли қатламларига мансуб ва ҳар хил соҳаларда ишлайдиган қатор қаҳрамонларни ўзида жам қилган битта умумий боғ мавжуд: у ҳам бўлса, мураккаб давримизнинг қайноқ нафаси, ўзига хос эврилишлари. Асар бош қаҳрамони Юсуф ана шу эврилишларда баъзан бой бериб қўйилган мувозанат сари талпиниб яшайди.
- 120
- 329

Tuyg'ular alangasi
Mahliyoxon Umurzoqova
Ushbu kitobda Mahliyoxon Umurzoqovaning samimiy ko'ngil egasi ekanligiga, vijdoni tozaligiga guvoh bo'lasiz. "Tuyg'ular alangasi" nomi ostida chop etilgan mo'jaz kitob o'quvchisini bepayon vodiydan olib o'tib, samimiy qishloqlar tomon yetaklaydi. Ko'ngil qa`ridan shalola kabi sizib chiqqan she`rlar o'z o'quvchisini topadi degan umiddamiz.
- 187
- 402