Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar

Orzu va dengiz
Raxshona Ahmedova
Raxshonaning ushbu to'plamidagi hikoyalarini o'qir ekansiz, unda avvalo ayol qalbi rang-barang hissiyotlari bilan bo'y ko'rsatib turadi. Qolaversa, bola dilidagi shaffof kechinmalar yoki keksalarga xos ehtiyotkorlik deysizmi, xullas, hamma yoshdagi kishilarning fikr o'ylari g'oyatda hayotiy va ishonarli yoritilganki, aslo sun'iylik, zo'rma-zo'rakilik uchramaydi.
Bunday fazilat bilan nasrda samarali ijod qilayotgan yosh qalamkash qizimizning ilk kitobi barcha kitobxonlar tomonidan samimiy qabul qilinishiga ishonamiz.
- 248
- 395

Morella
Edgar Po
Qo‘lingizdagi kitobdan o‘rin olgan hikoyalar o‘zining badiiy jozibasi, mavzular rang-barangligi bilan ajralib turadi.
„Morella“ hikoyasida dunyoning sirliligi, inson tabiatining anglab bolmas jihatlari haqida so‘z borsa, „Qismat“ hikoyasida yoriga yordam berish uchun hamma narsaga tayyor bolgan yigitning fidoiyligi tasvirlanadi.
Aziz kitobxonlar! Ushbu to‘plamdan o‘rin olgan hikoyalar sizga manzur boladi degan umiddamiz.
- 150
- 368

Qayta tug'ilgan bola
Abdusaid Ko'chimov
O‘smirlik — inson hayotining eng murakkab, eng qaltis, eng nozik davridir. Bolalikdan bajog‘atga o‘tish bosqichi hisoblanmish bu davrda xarakter shakllanadi, kuchli his-tuyg‘u, g‘ayrat - shijoat jo‘sh uradi; o‘smir qalb hissiyotga berilib, mustaqil bo'lishga, o‘z qiyofasini namoyon qilishga intiladi.
Qator asarlari bilan o‘quvchilar mehriga sazovor bolgan iqtidorli adib Abdusaid Ko‘chimovning qo'lingizdagi kitobiga kiritilgan qissa va hikoyalarning barchasida aynan ana shu go‘zal manzaralar o‘smirlar ruhiy olamida sodir bo‘lguvchi rivojlanish jarayonlari badiiy talqin qilinadi.
- 168
- 425

Mitti bola
To'plovchi Umid Rahmatullayev
Kilob kichik va o'rta maktab yoshidagi bolalarni o'zbek xalq ijodining boy merosi biian tanishtiradi. Ular qiziqarli va g‘aroyib ertaklar, rang-barang yorqin rasmlar orqali mamlakatimiz tarixiy o‘tmishining donishmand ma 'naviy va ma'daniy qadriyatlari bilan tanishadilar.
- 138
- 385

Осий банда
Одил Ёқубов
ХХ асрнинг улкан адибларидан бири Одил Ёқубовнинг унинг вафотидан сўнг дунё юзини кўраётган бу китобига адибнинг охирги йилларда қаттиқ тер тўкиб ёзган "Осий банда", "хотиралар", "Қарноқ" сингари бадиий асарлари жамланди. Улар алоҳида асар - лар бўлса ҳам, худди бир-бирининг мантиқий давомидай ҳаяжон билан ўқилади.
Уларда адиб турғунлик деб аталган йилларнинг мураккаб, зиддиятли ўта драматик воқеаларини қаламга олади. Ўзи ҳаётда кўрган, билган, бошидан кечирган воқеаларни ҳаққоний бадиий тарихга, Реал шахсларни эса ўзида давр муҳрини ташиган, даврнинг юлдузи ва сайёраси бўлган жозибадор, бадиий гўзал, юксак даражада ибратли бадиий қаҳрамонларга айлантиради.
У яратган ота, Онаизор бадиий тафаккурнинг ноёб мулки, улар бошдан кечирган кўргиликлар ҳақида кўз ёши тўкмасдан ўқиш мумкин эмас. Одил Ёқубов бу асарларни халқ учун ёзган. У ҳамон халқнинг хизматида камарбаста.
- 161
- 453