Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar

Muxtasar
Zahiriddin Muhammad Bobur
Boburning aruz haqidagi risolasi 1561 yil Hoji Muhammad Samarqandiy tomonidan ko‘chirilgan nodir qo‘lyozma nusxasi asosida birinchi bor nashrga tayyorlandi. Risolada o‘zbek aruzi arab, fors-tojik aruzi sistemasi bilan qiyosiy bayon qilingan. Shuningdek, asarda XIV—XVI asrlarda ijod qilgan qator shoirlarning nodir asarlaridan misollar keltirilgan. Ushbu risola o‘zbek va boshqa tukiy xalqlarning she’riyat nazariyasi va tarixini o‘rganishda muhim manba va qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Kitob so‘z boshi, risolaning hozirgi o‘zbek grafikasidagi transliteratsiyasi, faksimil nashri, izoh va ko‘rsatkichlar bilan ta’minlangan.
Bu asar aruzshunoslar, adabiyotshunoslar va aruz ilmi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
- 144
- 539

Buyuk Boburiylar tarixi
N.G'.Nizomiddinov
Mustaqillik yillari, taqdir taqozosi bilan chet ellarda yashagan ajdodlarimizning hayoti, ijodi va faoliyatining ilmiy jihatdan yoritilishida, tom ma’noda, muhim bir davr bo'ldi desak, mubolag'a emas. Binobarin, boburiylar tarixi yuzasidan amalga oshirilgan barcha ishlar ham shular jumlasidandir.
Ayni shu sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘lgan monografiya, mazkur sulolaning ijtimoiy-siyosiy xayoti, diniy-ma’rifiy qadriyatlari, madaniyati, adabiyoti xamda san’ati kabi mavzularning yahlit ilmiy tahlili va tadqiqiga bagishlangan.
- 161
- 436

Boburning olmosi
Iroj Aminiy
Ushbu kitob Eronda tug‘ilib, Tehron, Oksford va AQSH universitetlarida tahsil olgan, Eron shohining Tunisdagi oxirgi elchisi, taniqli tarixnavis Iroj Aminiy qalamiga mansub bo'lib, unda qimmati butun dunyo axolisini ikki yarim kun davomida boqishga yetadigan afsonaviy olmos, to'rt mamlakat: Hindiston. Afg‘oniston, Eron va Angliya tarixida sezilarli va murakkab iz koldirgan - “Kuhinur” (“Tog' yog'dusi”) nomi bilan olamga mashhur kimmatbaho tosh haqida hikoya qilinadi.
- 177
- 415

Zahiriddin Muhammad Bobur
Ergash Ochilov
Risolada yirik davlat arbobi, mashhur sarkarda, zabardast shoir, bilimdon muarrih, nuqtadon olim Zahiriddin Muhammad Boburning suronlio hayoti, serqirra faoliyati va sermahsul ijodi haqida ilmiy ommabop usulda hikoya qilinadi.
Risola keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
- 171
- 363

Sochining savdosi tushdi
Zahiriddin Muhammad Bobur
Zahiriddin Muhammad Bobur o'zbek adabiyotining Alisher Navoiydan keyingi zabardast namoyondasi hisoblanadi. U adabiyotni hayotga, adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirdi. Buyuk salaflariga ergashib yozgan bir qator an`anaviy she`rlarini hisobg aolmaganda, u asosan ko'rgan bilgan, qalbidan o'tkazgan, o'zini to'lqinlantirgan narsalar, kechinmalar haqida yozgan. Ta`bir joiz bo'lsa, zamin o'z o'qi atrofidan aylangani kabi Bobur she`rlari ham samimiyat atrofidan aylanadi.
Dilbar shoirning dilkash she`rlari bilan yangi uchrashuv sizga muborak bo'lsin, aziz she`riyat muhlislari!
- 190
- 387