yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Boburning olmosi
Iroj Aminiy
Ushbu kitob Eronda tug‘ilib, Tehron, Oksford va AQSH universitetlarida tahsil olgan, Eron shohining Tunisdagi oxirgi elchisi, taniqli tarixnavis Iroj Aminiy qalamiga mansub bo'lib, unda qimmati butun dunyo axolisini ikki yarim kun davomida boqishga yetadigan afsonaviy olmos, to'rt mamlakat: Hindiston. Afg‘oniston, Eron va Angliya tarixida sezilarli va murakkab iz koldirgan - “Kuhinur” (“Tog' yog'dusi”) nomi bilan olamga mashhur kimmatbaho tosh haqida hikoya qilinadi.
- 251
- 607
Zahiriddin Muhammad Bobur
Ergash Ochilov
Risolada yirik davlat arbobi, mashhur sarkarda, zabardast shoir, bilimdon muarrih, nuqtadon olim Zahiriddin Muhammad Boburning suronlio hayoti, serqirra faoliyati va sermahsul ijodi haqida ilmiy ommabop usulda hikoya qilinadi.
Risola keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
- 249
- 531
Sochining savdosi tushdi
Zahiriddin Muhammad Bobur
Zahiriddin Muhammad Bobur o'zbek adabiyotining Alisher Navoiydan keyingi zabardast namoyondasi hisoblanadi. U adabiyotni hayotga, adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirdi. Buyuk salaflariga ergashib yozgan bir qator an`anaviy she`rlarini hisobg aolmaganda, u asosan ko'rgan bilgan, qalbidan o'tkazgan, o'zini to'lqinlantirgan narsalar, kechinmalar haqida yozgan. Ta`bir joiz bo'lsa, zamin o'z o'qi atrofidan aylangani kabi Bobur she`rlari ham samimiyat atrofidan aylanadi.
Dilbar shoirning dilkash she`rlari bilan yangi uchrashuv sizga muborak bo'lsin, aziz she`riyat muhlislari!
- 271
- 680
Отабек ва Кумуш достони
Отаули
Ўзбек адабиётида романчилик мактабининг тамал тошини қўйган улуғ адибимиз Абдулла Қодирийнинг "Ўткан кунлар” романи ҳар жиҳатдан етуклик касб этгани боис, хоҳ адабиёт аҳли бўлсин, хоҳ оддий китобхон бўлсин, ҳар биримизнинг қалбимиздан чуқур жой олган.
Қодирийхонлик йўналишидаги мазкур китобни мутолаа қилар экансиз, "Ўткан кунлар" га ёзувчи назари билан қараб, янада теранроқ ўқиш мумкинлигига амин бўласиз. Зеро, "Қуш тилини қуш билар" деб бежиз айтилмаган.
- 371
- 590
"Jadidlar"- Is'hoqxon To'ra Ibrat
Ulug'belk Dolimov
Pedagogika fanlari doktori, professor Ulug'bek Dolimovning mazkur risolasida Is'hoqxon Ibratning hayot yo'li, tarix, tilshunos va shoir ijodiy faoliyati yoritiladi. Shu bilan birga. risoladan Ibratning noshirligi, jamoat arbobi sifatidagi faoliyati haqida e'tiroflar hamda uning hikmatli so'zlari o'rin olgan.
Risola keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
- 419
- 597