Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar

"Jadidlar" - Abdulla Avloniy
Olim Oltinbek
Abdulla Avloniy — Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotining yirik vakili. Bu davr adabiyotining biror-bir qirrasi yo'qki, Avloniy ijodida bo'y ko'rsatmagan bo‘lsa.
Millatni uyg'otishga va milliy ozodiikga chaqiruvchi she'rlarini deysizmi, teatr sohasidagi faoliyatini hamda dramatik asarlarini sanaysizmi, yangi avlod tarbiyasiga bag'ishlangan pedagogik asarlarini aytasizmi, milliy matbuotni oyoqqa turg‘izishdagi sa'y-harakatlari yoxud shu matbuot sahifalarida bosilgan publisistik matuolalarini olasizmi — bularning barchasi bizga Abdulla Avloniy shaxsiyati millat taraqqiyoti yo'lida fidoyilarcha xizmat qilgan ulkan mutafakkir sifatida namoyon etadi.
Ushbu risolada shoir ijodining mana shunday muhim qirralarini qamrab olishga harakat qilindi. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
- 142
- 433

Hikoyalar
Jek London
Ushbu kitobdan mashhur ingliz yozuvchisi Jek London ijodiga mansub hikoyalar tarjimasi o‘rin olgan. Tarjimalar ingliz tilidagi matnlar bilan yonma-yon berilmoqda. Bu esa akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ingliz tilini o'rganishda manba vazifasini ham o’taydi.
- 146
- 392

Iztirob shiviri
Rahmat Bobojon
Baxt haqida so'zlash, uning borligiga o'zini ishontirish oson yumush emas. Zero, baxtga eltar yo'llarning zahmati bor.
Yosh shoir Rahmat Bobojon bu yo'lning zalvorini yurakdan his etadi va "Bog'larga gapirib faqat baxt haqida, ana, o'riklarning sochi oqargan" deya yozadi. Yosh ijodkor umrini, qismatini she'r bilan, uning iztiroblari, g'ussa va tuyg'ulari bilan bog'lagan, ayni shu bilan yashayotgan shoir.
Biz Rahmat Bobojonga bu yo'lda yorug' tuyg'ular tilab, mazkur kitob orqali uning o'quvchilariga ham bu nurdan ilinamiz.
- 138
- 393

Eynshteyn bilan iblisvachcha
Dino Butssati
Ushbu kitobchadan Edgar Po, Abe Kabo, Dino Butssati, Latsuko Takaxasi, Sey Kubota, Tatsudzo Isikava singari jahon nosirlarining hikoya va novellalari o‘rin olgan. Asarlar mavzu doirasi nihoyatda keng. Ularda ilmparvar odam, yolg‘iz odam, zahmatkash odam, kichkina odam, yuzsiz odam singari hikoya obrazlarining murakkab hayotiy vaziyatlar ichra kechirgan kechmishlariga guvoh bolasiz.
Bunday voqealar barchamizning ko‘z o‘ngimizda ro‘y berib turgani bois, ushbu novella va hikoya obrazlarini o‘z qadrdonlaringizdek qabul qilasiz. Zotan, badiiy adabiyot bashar hayotining ko‘zgusi bo'lsa, hikoya shu ko'zguning serjilva boyliklaridir.
Bir jild ostiga jamlangan ushbu asarlar hayotning nihoyasiz savollariga javob izlayotgan har qanday o‘quvchiga manzur boladi degan umiddamiz.
- 173
- 497

Atirgul o'g'risi
Alvaro Yunke
Hikoyalar, asosan, hajman qisqaroq bo'lishi, markazidan biror-bir voqea joy olgani bilan xarakterlanadi. Ayniqsa, qisqagina, qiziqarli, kutilmagan voqealar bilan tugaydigan hikoyalar kitobxonni zeriktirib qo'ymaydi.
"Atirgul o'g'risi" to'plamidan ana shunday qisqa va qiziqarli hikoyalar o'rin olgan.
- 262
- 583